Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda gender tenglikni ommaviy axborot vositalarida samarali yoritish sohasida NNTlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi

24 avgust 2024 yil. Toshkent, O‘zbekiston. – Toshkent shahri, 2024-yil 24-avgust – Bugun Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “EU Tabassum (Smile)” loyihasi doirasida “NNTlar keng auditoriya bilan gender tengligi haqida qanday gaplashish kerak? Kommunikatsiya strategiyasini yaratish”  mavzusida trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT)ning axborot manbalari salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ularning media makondagi ishtirokini yuksaltirishga qaratilgan.

EU Tabassum (Smile) project

O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari gender masalalarini hal etish va teng huquqlilikni targ‘ib qilishga qaratilgan salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Biroq, o‘zgaruvchan axborot landshafti sharoitida nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z dasturlari, loyihalarini keng auditoriyaga yetkazishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ushbu trening NNT vakillariga ijtimoiy ahamiyatga ega mavzularni samarali yoritish uchun ommaviy axborot vositalarida faol qo‘llaniladigan zamonaviy vosita va uslublarni taqdim etadi. Olingan bilim va ko‘nikmalar tufayli tashkilotlar media makonning yangi voqeligiga yaxshiroq moslashishi va jamoatchilikning gender tengligi va ayollar huquqlari haqida xabardorligini oshirishi mumkin.

EU Tabassum (Smile) project

Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun samarali muloqotning asosiy jihatlarini hisobga olgan holda trening dasturi ishlab chiqildi. Xususan, kommunikatsiya maqsadlarini aniqlash, maqsadli auditoriyaning batafsil portretini tuzish, axborot tarqatish uchun eng mos kanallarni tanlash, shuningdek, kompleks kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqishga e’tibor qaratildi. Ushbu strategiyaning asosiy vazifasi O‘zbekistonda gender tenglik g‘oyalarini ilgari surish va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

EU Tabassum (Smile) project

Trening davomida ishtirokchilar sifatli va samarali kontent yaratish usullari haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar, gender masalalarini yoritish sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar va o‘zlarining kasbiy faoliyatlarida foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan sun’iy intellektning zamonaviy vositalarini o‘rgandilar. Ushbu trening NNT vakillari uchun EU-Tabassum loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining turli viloyatlarida o‘tkaziladigan qator tadbirlarning dastlabkisi hisoblanadi.

“Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston ayollarining erkaklar bilan teng huquq va imkoniyatlarga erishish harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining salohiyatini mustahkamlash va ularning muhim ijtimoiy masalalarni keng auditoriyaga yetkazish qobiliyatini oshirish bu boradagi muhim qadamdir. Biz ommaviy axborot vositalarining ta'sirini, ularning odamlarning qarashlarini ijobiy tomonga o‘zgartirish va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishiga qodir ekanligini e’tirof etamiz. Shu sababli, biz bugungi kunda gender tengligi yo‘lida ish olib borayotgan NNTlar uchun tashkil etilgan media-treningni faxr bilan qollab-quvvatlaymiz. Umid qilamizki, loyiha nafaqat dolzarb mavzularni yoritadigan, balki ijtimoiy muammolarni hal qilishda faol ishtirok etadigan hamjamiyat rivojiga hissa qo‘shadi”,

– dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasining hamkorlik bo‘limi boshlig‘i va muvaqqat ishlar vakili janob Vim Riepma o‘zining tadbir ochilishidagi nutqida.

Trening bizga OAVdan foydalanishning zamonaviy tendensiyalari, maqsadli auditoriya xususiyatlari va uning ehtiyojlari haqida tushuncha berdi. Bu bilim bizniki kabi nodavlat tashkilotlarga ijtimoiy mavzularni OAVda mustaqil yoritishda, faoliyatimiz natijalarini keng jamoatchilikka yetkazishda, shuningdek, yutuqlarimizni baham ko‘rishda yordam beradi”,

– dedi trening ishtirokchisi, “Yuksak salohiyat” NNT rahbari Natalya Sviridova.

EU Tabassum (Smile) project

Ushbu ikki kunlik trening Deutsche Welle Akademie (DWA) tomonidan Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (ZJRM) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “EU Tabassum (Smile): O‘zbekistonda gender tenglikni ilgari surish va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish uchun media ko‘nikmalari” loyihasi doirasida tashkil etildi.