Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning bojxona idoralarini tezkorlik salohiyatini oshirishga ko‘mak berishni davom etmoqda
20 fevral kuni BOMKA 10 Dasturi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat Qo‘mitasi va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklarni karantini va himoyasi Agentligiga AKT va kommunikatsiya uskunalarini rasmiy topshirdi. Taqdim etilgan uskunaning umumiy qiymati 54 496,91 yevroni tashkil qildi.
Jumladan, Bojxona qo‘mitasi ixcham ratsiyalarning 150 dona to‘plamini oldi. Mazkur uskunani olisdagi bojxona nuqtalari bilan real vaqt usulida aloqani ta’minlash va bojxonaning tezkorlik imkoniyatlarini oshirish orqali ma’lumotlar bilan tezda almashishni ta’minlash uchun ishlatish rejalashtirilgan.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mitasiga o‘tkazish joylarida ishlayotgan veterinariya mutaxassislariga masofadan turib ta’lim berish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun interfaol panel taqdim etildi.
Ta’kidlashimiz joizki, mazkur qurilmalar BOMKA 10 Dasturining "Chegaralar orqali qonuniy savdo oqimlariga ko‘mak berish" uchinchi Kompotenti doirasida bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazoratini yaxshilashning aniq maqsadlari bilan xarid qilingan.