Yevropa Ittifoqi taʼlim ko‘rgazmasi 2023

02.03.2023

2023 yil O‘zbekistonda Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Yevropa ko‘nikmalar yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elchixonalari va Erasmus+ dasturi milliy ofisi bilan birgalikda, 9, 11 va 13 oktabr kunlari Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida Team Europe tashabbusi (Yevropa Jamoasi) ostida bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi taʼlim ko‘rgazmasi 2023ni e’lon qiladilar.

Ko‘rgazma Yevropa Ittifoqining ta’lim muassasalari va tashkilotlari vakillarini birlashtiradi, hamda tashrif buyuruvchilar - talabalar, abituriyentlar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilar uchun akademik ta’lim bo‘yicha turli takliflar bilan tanishishga ajoyib imkoniyat yaratadi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari hamkorlik qiladi va tashkiliy ko‘mak beradi.

Yevropa Ittifoqi taʼlim ko‘rgazmasi 2023 tashrif buyuruvchilarga Yevropa Ittifoqidagi eng mashhur universitet va ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashish va muloqot qilish uchun noyob platformani taklif etadi. Bu yerda siz ushbu muassasalar tomonidan taklif etilayotgan turli kurslar, oʻquv dasturlari va stipendiyalar haqida maʼlumot olishingiz, viza olish, qabul tartiblari va oʻqishning boshqa muhim jihatlari haqida xabardorligingizni oshirishingiz mumkin. Shuningdek, taʼlim sohasidagi soʻnggi tendensiyalar va ishlanmalar haqida foydali maʼlumotlarga ega boʻlish uchun yetakchi akademik ekspertlarning axborot sessiyalari va taqdimotlarida ishtirok etish mumkin.

Yevropa Ittifoqi taʼlim ko‘rgazmasi 2023 yoshlarning chet elda o‘qishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va ularga kelajakdagi muvaffaqiyatli karyera garovi bo‘lgan to‘g‘ri ta’limni topishga yordam berishga qaratilgan.

Ro‘yhatdan otish 2023 yilning 30 avgust kunigacha amalga oshiriladi

-
10:00 am - 05:00 pm
Toshkent, Samarqand, Namangan
How to join?

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

  • Manzil: Yusuf Xos Hojib koʻchasi - 103, Yakkasaroy Tumani, Toshkent sh.
  • Sana: 9 oktabr 2023; 10:00 - 17:00;

«Ipak Yoʻli» Xalqaro turizm universiteti

  • Manzil: Universitet xiyoboni, 17, Samarqand sh.
  • Sana: 11 oktabr 2023; 10:00 - 17:00; 

Namangan Davlat chet tillar instituti

  • Manzil: Madaniyat markazi, Doʻstlik koʻchasi, Namangan sh.
  • Sana: 13 oktabr 2023; 10:00 -17:00