Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan loyiha O'zbekistondagi COVID-19ga javobi doirasida UV nurlari bilan sterilizatsiya qilish va zararsizlantirish uchun uskunalar etkazib berdi

09.10.2020

Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida havo va sanoat yuzalarini dezinfektsiya qilish uchun uskunalar ularning COVID-19 ta'sirini yumshatish bo'yicha sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlash uchun O'zbekiston milliy hokimiyat organlariga topshirildi. Ushbu ko'mak Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan P53 “ Markaziy Osiyo mamlakatlarida milliy qonunchilik bazasini mustahkamlash va biologik xavfsizlik va himoya bo'yicha ixtisoslashtirilgan treningni taqdim etish” loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqining Kimyoviy, Biologik, Radiologik va Yadroviy Xatarlarini kamaytirish bo'yicha mukammallik markazlari (EU CBRN CoE) Tashabbusi orqali amalga oshirildi. Qiymati bir yuz ming yevroni tashkil etuvchi uskunalar impulsli ultrabinafsha nurlar yordamida COVID-19 yuqtirishi mumkin bo'lgan tibbiy va laboratoriya xonalarini tez zararsizlantirishga imkon beruvchi mobil qurilmalardan iborat edi.

Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida havo va sanoat yuzalarini dezinfektsiya qilish uchun uskunalar ularning COVID-19 ta'sirini yumshatish bo'yicha sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlash uchun O'zbekiston milliy hokimiyat organlariga topshirildi.

Ushbu ko'mak Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan P53 “ Markaziy Osiyo mamlakatlarida milliy qonunchilik bazasini mustahkamlash va biologik xavfsizlik va himoya bo'yicha ixtisoslashtirilgan treningni taqdim etish” loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqining Kimyoviy, Biologik, Radiologik va Yadroviy Xatarlarini kamaytirish bo'yicha mukammallik markazlari (EU CBRN CoE) Tashabbusi orqali amalga oshirildi. Qiymati bir yuz ming yevroni tashkil etuvchi uskunalar impulsli ultrabinafsha nurlar yordamida COVID-19 yuqtirishi mumkin bo'lgan tibbiy va laboratoriya xonalarini tez zararsizlantirishga imkon beruvchi mobil qurilmalardan iborat edi.

Uskunalarni topshirish marosimidagi tabrik nutqi paytida, Davlat sanoat xavfsizligi qo'mitasi rahbari va Yevropa Ittifoqining Kimyoviy, Biologik, Radiologik va Yadroviy Xatarlarini kamaytirish bo'yicha mukammallik markazlari (EU CBRN CoE) Tashabbusining Markaziy Osiyo bo'yicha Mintaqaviy kotibiyatining rahbari Baxtiyor G'ulomov xalqaro tashkilotlarning ko'magi biologik himoya va xavfsizlikni ta'minlashda, shuningdek, koronavirus pandemiyaga qarshi kurashda muhim omillardan biri ekanligini ta'kidladi.

Ushbu tadbirni sharhlaganda, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi vakolatxonasining muvaqqat vakili janob Yussi Narvi shunday dedi: "Tibbiy va laboratoriya muassasalarida ishlaydigan odamlar bizning Covid-19 pandemiyasidan himoya qilishning birinchi qatoridir va Yevropa Ittifoqi tomonidan taqdim etilgan ushbu uskunalar bu odamlarning xavfsizligini ta'minlab ushbu qatorni kuchaytiradi."

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va Yevropa Komissiyasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jinoyatchilik va Adolat bo'yicha mintaqalararo ilmiy-tadqiqot instituti (UNICRI) bilan hamkorlikda dunyoning 61 mamlakatida amalga oshiriladigan Yevropa Ittifoqining KBRY bo'yicha mukammallik markazlari Tashabbusi Markaziy Osiyodagi sherik mamlakatlarning KBRY tahdidlarga shu jumladan koronavirusga qarshi kurashish salohiyatini kuchaytirishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Janob Baxtiyor G'ulomov ta'kidlashicha, Yevropa Ittifoqining KBRY bo'yicha mukammallik markazlari (EU CBRN CoE) Tashabbusining Markaziy Osiyo bo'yicha Mintaqaviy kotibiyati eng keskin inqiroz davrida ham tinimsiz ishlashda davom etdi. Yevropa Ittifoqining KBRY bo'yicha mukammallik markazlari (EU CBRN CoE) Tashabbusining P53 loyihasi doirasida sovg'a qilingan uskunalar bilan tasvirlangan natijalardan biri bu Yevropa Ittifoqi yordamining ko'payishi edi, ya'ni: olingan saboqlarni aks ettirish va Markaziy Osiyoda, shuningdek Janubi-Sharqiy va Sharqiy Yevropa koronavirusga qarshi kurashish uchun salohiyatni oshirish uchun 2 million yevrodan ko'proq mablag' ajratishi. “Pandemiya fonida Markaziy Osiyo mintaqasida hamjihatlik kuchayganligi namoyon bo'ldi, bu ham mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlashga, ham mintaqalararo faoliyatning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Umid qilamanki, biz birgalikda yanada samarali va birdam bo'lib, COVID-19 xavfini engib, boshqa KBRY xavfini minimallashtiramiz! " - ta'kidladi janob G'ulomov.

O'zbekistonga uskunalar etkazib berish Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik mamlakat va mintaqaning biologik himoyasi va xavfsizligini oshirishga hissa qo'shayotganining yorqin namunasidir. Uskunalar sog'liqni saqlash tizimida ushbu uskunadan respublikada koronavirus infektsiyasining keyingi tarqalishining oldini olish uchun foydalanadigan mutaxassislarni tayyorlash uchun O'zbekiston Respublikasi Radiatsion xavfsizlik bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash markaziga topshirildi.