Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi barqaror baliqchilikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi zamonaviy uskunalarni taqdim etdi
Marosimda Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Botir Alimbekov so‘zga chiqib, baliqchilik tarmog‘i O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarishning muhim tarmog‘i hisoblanishi va ushbu tarmoq mamlakatimiz aholisini yuqori sifatli oqsil bilan oziqlantirishi orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlayotganini alohida ta’kidladi. Baliqchilik tarmog‘i esa, qishloq joylarida yangi ish o‘rinlari yaratish, shu orqali aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorlik bo‘limi rahbari Vim Riepma o‘z nutqida, taqdim etilayotgan uskunalar yordamida baliq yetishtiruvchi suv havzalarida suvnitozalovchi va dezinfeksiyalashga mo‘ljallangan filtr uskunasi, havzalardagi baliqlar salomatligini yaxshilashini bildirdi.
“Sog‘lom baliq, sog‘lom oziq-ovqat sifatida kishilarning sog‘lom boʻlishini anglatadi. Zamonaviy suv filtrlari esa, baliq fermasidan chiqivchi zararli va atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalardan halos etishga ko‘maklashadi va atrof-muhit yaxshilanishiga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, baliqlar rivojlanishining ilk bosqichlarida ularning oʻsishiga sezirlarli darajada hissa qoʻshuvchi quyosh suv isitgichlaridan foydalanish orqali, elektr energiyasini barqaror ravishda tejashga erishiladi. Bunday nisbatan sodda texnikalarni qo‘llash orqali, baliqchilik tarmog‘i barqarorligiga erish mumkin”, – dedi u.
BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili v.b., Anas Qarman o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi:
“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, bir kishi bir yilda 16kilogrammdan, milliy me’yor bo‘yicha esa, 12 kg dan kam bo‘lmagan miqdorda baliq iste’molqilishi zarur. Biroq O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 3,5-4 kilogrammni tashkil etmoqda. Bu keng qamrovli baliq yetishtiruvchi texnologiyalarining eskirgani bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 yanvardagi “Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmini ko‘paytirish hamda baliqchilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi”.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan EU-AGRIN loyihasi baliq yetishtirishda suvni qayta ishlash va uni quyosh energiyasi yordamidaisitish va boshqa zamonaviy usullarni joriy etishga qaratilgan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti boshchiligidagi Innovatsion guruh sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu guruh, kichik hajmli havzalarda (basseynlarda) intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyasini joriy etish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ushbu guruh baliqlarning salomatligi va sog‘lom o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi kislorod miqdorini oshiruvchi tizimni havzalarga joriy qiladi. Yevropa Ittifoqi tomonidan beg‘araz taqdim etilgan uskunalar Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Fargʻona viloyatidagi Beshariq kasb-hunar maktabi orqali tadqiqot va amaliyot ishlarini olibborishga hamda loyiha natijalarini keng joriy etishga xizmat qiladi.
Yevropa Ittifoqi va BMTTD O‘zbekiston hukumatiga qishloq xo‘jaligida ayollar huquqlarini kengaytirish va innovatsiyalar orqali yashil iqtisodiyotga o‘tish yo‘lidagi sa’y-harakatlarida zarur yordam ko‘rsatishda davom etadi.
_____
Qo‘shimcha ma’lumot:
BMTTD HAQIDA
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) kambag‘allik, tengsizlik va iqlim o‘zgarishisababli paydo bo‘lgan adolatsizlikka qarshi kurashda BMTning yetakchi tashkilotidir. 170 ta mamlakatdagi kengekspertlar va hamkorlar tarmog‘i bilan faoliyat olib borib, biz odamlar va sayyora uchun muvofiqlashtirilgan, uzoqmuddatli yechimlarni yaratishga yordam beramiz. BMTTD haqida batafsil: https://www.undp.org/uzbekistan
…
YEVROPA ITTIFOQI HAQIDA
Yevropa Ittifoqi – bu 27ta Yevropa mamlakatining iqtisodiy va siyosiy ittifoqi. U inson qadr-qimmati, erkinligi, demokratiyasi, tengligi, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini, shu jumladan ozchiliklarga mansub shaxslarning huquqlarini hurmat qilish qadriyatlariga asoslanadi. U jamiyat, atrof-muhit va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini har kimning manfaati uchun targ'ib qilish maqsadida global darajada faoliyat yuritadi.
Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston hamkorligi haqida ko‘proq ma’lumot https://www.eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan_uz?s=233
EU-AGRIN haqida
EU-AGRIN bu qishloq xo‘jaligida innovatsion yechimlar va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Yevropa Ittifoqitomonidan moliyalashtiriladigan BMTTD loyihasi. Hozirgacha loyiha 18 ta innovatsion guruhni o'z ichiga olganinnovatsion hamkorlikni yo'lga qo'ydi, ularning har biri oziq-ovqat ishlab chiqarishning o'ziga xos ehtiyojlari yoki muammolari bilan shug'ullanadi va ularning har biri qishloq xo'jaligida ayollar uchun ijobiy tajriba va g'oyalar beradi.