Yevropa Ittifoqi va BMTTD "Kasbiy motivatsiya va barqarorlik" treningi orqali O'zbekistonda davlat xizmatini isloh qilishni kuchaytirmoqda


9-iyul 2026-yil – Samarqandda "Kasbiy motivatsiya va barqarorlik " mavzusidagi ikki kunlik ixtisoslashtirilgan trening boshlandi. Trening fuqarolarga sifatli xizmat ko'rsatish, ish jarayonidagi qiyinchiliklarni yengish va o'zgarishlarga moslashish uchun zarur bo'lgan shaxsiy va kasbiy ko'nikmalarni mustahkamlashga yordam berish maqsadida tashkil etildi. Dastur O'zbekiston Adliya vazirligi hamkorligida BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiradigan "O'zbekistonda davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish" loyihasi doirasida tashkil etilgan. Treningda Oʻzbekistonning turli hudularidan mahalliy boshqaruvda va hududiy darajada samarali, tezkor va fuqarolarga yoʻnaltirilgan davlat xizmatlarini koʻrsatishni qoʻllab-quvvatlovchi orqa bek-ofis muvofiqlashtirish funktsiyalarini kuchaytirishda muhim rol oʻynaydigan 35 nafar ayol hokim oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

O'zbekiston davlat boshqaruvini isloh qilish va raqamli davlat xizmatlarini kengaytirish bo'yicha keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirishni davom ettirаr ekan, davlat xizmatchilariga qo'yilayotgan talablar tezlik bilan o'zgarib bormoqda. Texnik bilimlar bilan bir qatorda, samarali davlat boshqaruvi tobora ko'proq fuqarolar ehtiyojlariga e'tiborni saqlab qolgan holda o'zgarishlarni muvaffaqiyatli boshqara oladigan, motivatsiyali, moslashuvchan va bardoshli mutaxassislarga bog'liq bo'lib qolmoqda.

Ikki kun davomida ishtirокchilar kasbiy motivatsiya, stress menejment, hissiy barqarorlik va samarali muloqot sohasidagi amaliy ko'nikmalarini mustahkamlaydilar. Dastur shuningdek yuqori samaradorlikni saqlab qolish, kasbiy charchoqning oldini olish va uzluksiz o'rganish hamda institutsional rivojlanishni qo'llab-quvvatlovchi ijobiy ish muhitini shakllantirish strategiyalarini o'z ichiga oladi.

“Davlat boshqaruvini muvaffaqiyatli isloh qilish nafaqat zamonaviy tizimlar va texnologiyalarga, balki motivatsiyali va barqaror davlat xizmatchilariga ham bog'liq. Yevropa Ittifoqi davlat xizmatchilarining o'zgarishlarga moslashish, sifatli xizmatlar ko'rsatish va fuqarolar ehtiyojlariga yanada samarali javob berish qobiliyatini mustahkamlaydigan tashabbuslarga ko'mak berishdan faxrlanadi," dedi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasining Muvaqqat ishlar vakili Renata Vrobel xonim.

Ushbu trening O'zbekiston davlat boshqaruvining institutsional salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan keng ko'lamli sa'y-harakatlarning bir qismi bo'lib, loyihaning 2029 yilgacha 1 000 ta davlat xizmatchilarini inklyuziv, fuqarolarga yo'naltirilgan davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha o'qitish maqsadini qo'llab-quvvatlaydi.

“Insonlar samarali davlat boshqaruvining markazida turadi. Davlat xizmatchilarining motivatsiyasi, barqarorligi va kasbiy o'sishiga sarmoya kiritish — jamoatchilik tomonidan ishonch qozongan, fuqarolarga moslashuvchan va inklyuziv muassasalarni barpo etish uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday tashabbuslаr orqali biz har bir fuqaroning ehtiyojlarini qondirishga yanada tayyor bo'lgan davlat xizmatini shakllantirishga yordam bermoqdamiz," dedi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii.

Davlat xizmatchilarining farovonligi va kasbiy salohiyatini mustahkamlash orqali mazkur tadbir O'zbekiston bo'ylab davlat xizmatlarining sifati, qulayligi va fuqarolarga moslashuvchanligini yaxshilashga hissa qo'shadi. Shuningdek, u mamlakatning davom etayotgan davlat boshqaruvi islohotlarini qo'llab-quvvatlaydi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga, xususan BRM-16 (Tinchlik, adolat va kuchli institutlar) hamda BRM-9 (Sanoat, innovatsiya va infratuzilma)ga erishishga ko'maklashadi.

Loyiha haqida ma’lumot: 

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish" loyihasi umumiy byudjeti 4 900 000 yevro bo'lib, 2024–2029-yillar davomida amalga oshiriladi. Loyiha qishloq hududlarida davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi, raqamli texnologiyalarning past darajada joriy etilganligi va eskirgan institutsional tuzilmalar kabi asosiy muammolarni hal etishga qaratilgan. Bu maqsadga to'rtta strategik yo'nalish orqali erishiladi:

  1. Davlat xizmatlarini ko'rsatish milliy tizimiga kiruvchi "bek-ofis"larning institutsional, huquqiy va me'yoriy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga ko'maklashish.

  2. Davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi muassasa va tashkilotlarning ("bek-ofis"larning) samaradorligini yanada oshirish maqsadida ularning salohiyatini oshirishga ko'maklashish.

  3. Davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimini mahalliy transformatsiya qilish.

  4. Hududiy va mahalliy darajadagi "bek-ofis" idoralarining hisobdorligi, ochiqligini va samaradorligini ta'minlash maqsadida mahalliy boshqaruv tizimini transformatsiya qilish.

Loyiha O'zbekistonning islohotlar dasturini qo'llab-quvvatlaydi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga, xususan kuchli institutlarga oid BRM-16 va innovatsiya hamda infratuzilmaga oid BRM-9ga erishishga hissa qo'shadi. 2029-yilgacha mazkur tadbir 11 ta “bek-ofis” muassasasining funksional tahlilini o'tkazish, 1 000 ta davlat xizmatchilarini inklyuziv va foydalanuvchiga yo'naltirilgan xizmat ko'rsatish bo'yicha o'qitish, kamida 35 ta davlat xizmatini raqamli transformatsiya qilish va mamlakat bo'ylab mahallaлarda 34 ta yangi davlat xizmatlari zonasini tashkil etishni ko'zlaydi. Ushbu keng qamrovli islohotlar fuqarolarning samarali, shaffof va inklyuziv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Yevropa Ittifoqi haqida: Yevropa Ittifoqi 27 ta Yevropa mamlakatining iqtisodiy va siyosiy ittifoqi bo'lib, inson qadr-qimmatini hurmat qilish, erkinlik, demokratiya, tenglik, huquq ustuvorligi va ozchilik vakillarini o'z ichiga olgan barcha fuqarolarning inson huquqlariga rioya etish qadriyatlari asosida tashkil etilgan. U barcha uchun foydali bo'lishi uchun jamiyat, atrof-muhit va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida global miqyosda faoliyat olib boradi.