Yevropa Ittifoqi va BMTTD Oʻzbekistonda mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari samaradorligini baholash boʻyicha amaliy tavsiyalarni taqdim etdi

15.07.2020

2020-yilning 15-iyulida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi, Davlat xizmatlari agentligi va Oʻzbekistondagi BMTTDning “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan hamkorlikda “KPIʼdan foydalangan holda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini baholash” mavzusida onlayn prezentatsiya tashkil etdi.

Yevropa Ittifoqi va BMTTD samaradorlikning asosiy koʻrsatkichini (KPI)[1] qoʻllagan holda Oʻzbekistonda mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari samaradorligini baholash mezonlari va usullarini joriy qilish boʻyicha amaliy tavsiyalarni taqdim etdi.

2020-yilning 15-iyulida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi, Davlat xizmatlari agentligi va Oʻzbekistondagi BMTTDning “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan hamkorlikda “KPIʼdan foydalangan holda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini baholash” mavzusida onlayn prezentatsiya tashkil etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ilmiy-tadqiqot institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va mustaqil ekspertlar, shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Senatning sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Shuhrat Chulliyev oʻzining kirish soʻzida mahalliy ijro hokimiyati organlarini KPI asosida baholash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish muhim ekanligini taʼkidladi.

BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili oʻrinbosari Doyna Munteanu xonim va

Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi rahbari maslahatchisi janob Fransua Bejo, oʻz navbatida, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining faoliyatida KPIʼga asoslangan baholash va hisobdorlik tizimini joriy etish tashkilotlarning unumdorligi va samaradorligini oshirish uchun mustahkam asos yaratishga imkon berishini taʼkidlashlari barobarida bu kabi tizimlarning joriy etilishi rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ijobiy natijalarga erishganlarini aytib oʻtdilar.

Onlayn taqdimot chogʻida Irlandiya, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Avstraliya, Kanada va Rossiyada amalda qoʻllaniladigan KPI boʻyicha mahalliy ijroiya organi faoliyatini baholashning xorijiy tajribasi va uni Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyati aytib oʻtildi. Bunda, Oʻzbekistondagi mahalliy ijroiya hokimiyati faoliyatini KPI asosida baholashning uchta muqobil usuli taklif qilindi.

Muhokamada ishtirok etgan ilmiy doiralar vakillari Oʻzbekistonda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini oʻrganishni davom ettirish, ularining faoliyatiga KPI tizimini joriy etish choralarini koʻrish zarurligini taʼkidladilar.

* * *

Qoʻshimcha maʼlumot uchun murojaat qiling:

Rimma Muxtarova, Jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha mutaxassis

Rimma.mukhtarova@undp.org

 

[1] KPI (Key Performance Indicator) – Samaradorlikning asosiy koʻrsatkichi – kompaniyaning joriy yoxud strategik maqsadiga erishishi doirasida tashkilot, boʻlim, xodim faoliyatining samaradorligini aniqlovchi koeffitsientdir. KPI – amalda erishilgan natijalarning miqdoriy jihatdan oʻlchanadigan koʻrsatkichi deyilishi mumkin.