Yevropa Ittifoqi va Fransiya taraqqiyot agentligi Oʻzbekistonni ichimlik suvi infratuzilmasini rivojlantirish va chorvachilik tarmogʻiga iqlim uchun bezarar va inklyuziv investitsiyalarni jalb qilishda qoʻllab-quvvatlamoqda

Yevropa Ittifoqi hamda Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Ichimlik suvi dasturi va Oʻzbekistonda ekologik barqaror chorvachilikni moliyalashtirishga Hissa qoʻshish toʻgʻrisidagi ikkita bitimni imzoladi.

 

2023 yil 22 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi hamda Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) Ichimlik suvi dasturi va Oʻzbekistonda ekologik barqaror chorvachilikni moliyalashtirishga Hissa qoʻshish toʻgʻrisidagi ikkita bitimni imzoladi.

Yevropa Ittifoqining Ichimlik suvi dasturi uchun ajratilgan 7,9 million yevro va Ekologik barqaror chorvachilik uchun ajratilgan 4,7 million yevro miqdoridagi grantlari yakuniy benefitsiarlarni qoʻllab-quvvatlash va loyihalarning har biri uchun zarur boʻlgan texnik yordamni moliyalashtirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Yevropa Ittifoqi va FTA iqlim uchun bezarar va inklyuziv chorvachilik tarmogʻini rivojlantirishga sodiqligini tasdiqlamoqda.

Yevropa Ittifoqi va Fransiya taraqqiyot agentligi Oʻzbekiston Hukumatining iqlim uchun bezarar va inklyuziv chorvachilik sektorini rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimning ikkinchi qismini imzoladi. Mazkur ikkinchi transh miqdori 4,7 million yevroga teng boʻlib, YEI tomonidan loyiha uchun ajratilgan 11,5 million yevro miqdoridagi grant moliyalashtirilishini yakunlaydi. Bu summa esa, oʻz navbatida, FTA tomonidan Oʻzbekiston Hukumatiga ajratilgan 100 million yevro miqdoridagi qarzni toʻldirib, uning umumiy miqdori 111,5 million yevroga yetdi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan 2021-yil iyunidan buyon amalga oshirib kelinayotgan “Oʻzbekiston chorvachilik tarmogʻidagi inklyuziv va iqlim investitsiyalarini moliyalashtirish” loyihasi mazkur tarmoqdagi ekologik barqarorlikni moliyalashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan. YEIning hissasi Oʻzbekistondagi toʻrtta bank (Biznesni rivojlantirish banki, Hamkorbank, Mikrokreditbank va Xalq banki) tomonidan quyidagi ikkita vositadan foydalangan holda taqdim etiladigan iqlim uchun bezarar maqsadlarga yoʻnaltiriladigan kreditlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilashga qaratilgan:

  • Investitsiya subsidiyalari (7,7 million yevro): Dehqon xoʻjaliklarini ekologik barqaror investitsiyalarni amalga oshirishga ragʻbatlantirishga qaratilgan subsidiyalar benefitsiarlarning iqlim sohasidagi niyatlari va, avvalambor, yoshlar va xotin-qizlarga qaratilgan ijtimoiy integratsiya mezonlaridan kelib chiqqan holda kreditlarning 40 foizgacha boʻlgan miqdorni tashkil etishi mumkin.
  • Texnik yordam (3,8 million yevro): Mazkur texnik yordam iqlim moliyalashtirishining ham talab,  ham taklif tomonini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Texnik yordam doirasida toʻrtta ishtirokchi bank va Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasiga ularning tabiatni asrash va ijtimoiy ichki tartib-qoidalarini takomillashtirish uchun 1 million yevro hamda dehqon xoʻjaliklarining biznesni boshqarish va kredit arizalarini taqdim etish borasidagi salohiyatini oshirish uchun bir nechta fermerlik tashkilotiga 2,8 million yevro ajratiladi.

Loyiha toʻgʻrisida koʻproq bilish uchun: https://www.afd.fr/en/actualites/promoting-greener-more-robust-livestock-sector-uzbekistan.

 

Oʻzbekistonning uch viloyatida toza ichimlik suvi bilan qamrab olish darajasini yaxshilash

Taxminan, 610 ming nafar odam uchun yaxshi boshqariladigan suv taʼminoti tizimidan foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi va Fransiya taraqqiyot agentligi Hissa qoʻshish toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan boʻlib, uning doirasida 7,9 million yevro miqdorida grant ajratilib, u FTAning kelajakda ajratiladigan qarz mablagʻlariga bogʻlanadi. Mazkur loyiha uch viloyatning (Toshkent, Fargʻona va Qashqadaryo) 7 ta tumanida ishonchli va samarali suv taʼminoti tizimlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Dastur doirasida uchta komponent amalga oshiriladi: (I) birinchisi FTA tomonidan moliyalashtirilib, eskirgan suv taʼminoti tizimlari oʻrniga ichimlik suvi tizimlarini qurish, qayta qurish va kengaytirish, (ii) ikkinchi FTA va YEI granti hisobidan moliyalashtirilib, loyiha bilan qamrab olingan “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va hududlardagi “Suvtaʼminot” MCHJlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan, (iii) va, nihoyat, kompaniyalarning  (“Oʻzsuvtaʼminot” AJ va hududlardagi “Suvtaʼminot” MCHJlar) ichki va tashqi faoliyatida gender tengligi va gender masalalarning inobatga olinishini ilgari surish maqsadida, YEI granti hisobidan moliyalashtirilayotgan gender masalalari boʻyicha harakatlar rejasini amalga oshirish.

Suv taʼminoti masalalariga nisbatan boʻlgan kompleks yondashuv FTA va YEI Delegatsiyasiga tegishli hududlarning ehtiyojlarini qondirish uchun kompleks dasturni taklif qilish imkonini berdi. Yevropa Ittifoqining FTA tomonidan moliyalashtirish jarayonida ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etadi, negaki u Oʻzbekistondagi suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchilarga avtonomiya darajasini oshirish va mazkur oʻta muhim obyektlarga xizmat koʻrsatishda oliy darajadagi koʻnikmalarni rivojlantirib, suv resurslarini asrashda maksimal darajadagi xavfsizlikni taʼminlash va aholiga xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etadi. 

 

OAV bilan aloqalar uchun:

Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi

Xalqaro biznes-markaz, Amir Temur koʻchasi, 107-B uyб 100084 Toshkent, Oʻzbekiston

Telefon: +998 78 120 16 02.01.03.04

Faks: +998 78 120 16 08

Elektron pochta: delegation-uzbekistan@eeas.europa.eu 

Veb-sayt: http://www.eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan.

 

FTA toʻgʻrisida

Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) Fransiyaning xalqaro taraqqiyot va birdamlik sohasidagi siyosatini amalga oshiradi. Nodavlat va nohukumat tashkilotlari hamda davlat sektori faoliyati, shuningdek, ularning tadqiqotlari va nashrlarini chop etishni moliyalashtirish orqali FTA adolatli va barqaror dunyoni yaratish tomon kechayotgan harakatni tezlashtiradi. U, shuningdek, (FTA kampusida) barqaror rivojlanish sohasidagi treninglarni tashkillashtirib, Fransiya hududida xabardorlikni oshirish borasidagi boshqa tadbirlarni ham oʻtkazib keladi.

Sheriklarimiz bilan birgalikda biz Global Janub xalqlari bilan va ular uchun umumiy yechimlarni yaratmoqdamiz. Bizning guruhlarimiz  Fransiyaning dengiz orti departament va hududlarida, 115 ta mamlakat va inqiroz girdobida boʻlgan hududlarda 4000 dan ziyod loyihani amalga oshirib kelmoqda. Biz iqlim barqarorligi, biologik xilma-xillik, tinchlik, gender tengligi, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarini ilgari surish orqali global hamjamiyat manfaatlarni himoya qilishga intilamiz. Bu orqali biz Fransiya va fransuz xalqining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, demakki, umumiy dunyoni  yaratish borasidagi sodiqligiga oʻz hissamizni qoʻshamiz.