Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligiga bag'ishlangan festival bo‘lib o‘tdi

20.05.2024
O'zbekiston, Toshkent, Botanika bog'i
Press and information team of the Delegation to UZBEKISTAN

18 may kuni Toshkent Botanika bog‘ida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan Festival bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbiriga Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning muhim sanasi munosabati bilan o‘tkazilgan keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturida uch mingdan ortiq mehmonlar tashrif buyurib, ishtirok etdi.

“Bu yil biz Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi samarali va mustahkam hamkorlikning 30 yilligini nishonlaymiz. Ushbu festival O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi, demokratik qadriyatlari va iqtisodiy farovonligini qo‘llab-quvvatlashga intilishimizning yorqin namoyoni bo‘ldi. Biz savdo, ta’lim, inson huquqlari, barqaror rivojlanish va madaniy almashinuvni yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli loyiha va tashabbuslarni taqdim eta olganimizdan faxrlanamiz. Hamkorligimiz o‘zaro hurmat va umumiy qadriyatlarga asoslanadi va biz birgalikda kelajakda bundan-da katta muvaffaqiyatlarga erishishimizga ishonchimiz komil”, - dedi Sharlotta Adrian Xonim oliyalari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi.

Her Excellency Charlotte Adriaen, Ambassador of the European Union to Uzbekistan, during the inaugur

Festivalning markaziy elementi yirik ko‘rgazma bo‘lib, unda Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar tomonidan O‘zbekistonda tomonidan moliyalashtirilgan 50 ta loyiha namoyish etildi. Ushbu noyob platforma savdo, bandlik, inson huquqlari, ta’lim, malaka oshirish, barqaror rivojlanish, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi tashabbuslarni namoyish etdi.

Yevropa Ittifoqining Global Darvoza doirasidagi savdo aloqalarini kengaytirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Inson huquqlari va fuqarolik jamiyati sohasidagi demokratik institutlar va inson huquqlari tuzilmalarini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar ham qayd etildi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim va malaka oshirish sohasidagi Yevropa Ittifoqi tomoniidan moliyalashtiriglan loyihalari namoyish etildi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi ekologik barqarorlik va qishloq xo‘jaligi loyihalari ularning faoliyati barqaror qishloq xo‘jaligi va resurslarni boshqarish, hozirgi va kelajak avlodlarning uzoq muddatli farovonligini ta’minlashga qanday hissa qo‘shishini namoyish etdi.

O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan madaniy loyihalar nafaqat mamlakatning boy merosini asrab-avaylash, balki samarali madaniy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

 

 European Union Festival

Ko‘rgazmadan tashqari festival doirasida “Erasmus” viktorinasi, “Qishloq xo‘jaligi muvaffaqiyatli mutaxassisi” viktorinasi, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” mahsulotlarni tatib ko‘rish va “Iqlim fresko”si o‘yini kabi interfaol tadbirlar o‘tkazildi, ularda bilim, ko‘nikma va dolzarb masalalar bo‘yicha turli nuqtai nazarlar taqdim etildi.

Festival “Sahar” guruhi, Vasilisa Naypak, Elyorbek Meliboyev, Sabina Mustayeva, “Marokand”, “Hooligans” guruhlari va DJ King Macarella ishtirokidagi gala-konsert bilan yakunlandi.

Festival Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlikning yutuqlarini namoyish etdi va o‘zaro hurmat, umumiy qadriyatlar hamda tinchlik va farovonlik istagiga asoslangan kelgusidagi samarali hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochdi.

 

Yevropa Ittifoqi haqida

Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston hamkorligi 1994 yilda oʻrnatilgan. Yevropa Ittifoqi 27 Yevropa davlatining iqtisodiy va siyosiy ittifoqidir. U inson qadr-qimmatini hurmat qilish, erkinlik, demokratiya, tenglik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini, shu jumladan ozchiliklarga mansub shaxslarning huquqlarini hurmat qilish qadriyatlariga asoslanadi. U hammaning manfaatini koʻzlab butun dunyo boʻylab barqaror ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantirish maqsadida faoliyat yuritadi.

 

Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi

Xalqaro biznes markazi,

Amir Temur ko‘chasi, 107 B

100 084 Toshkent, Oʻzbekiston

Telefon: +998 78 120 16 01/02/03/04

Elektron pochta: delegation-uzbekistan@eeas.europa.eu