Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Trans-Kaspiy transport yo‘lagida o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni ilgari suradi


2026 yil 25 sentabr, Toshkent, O‘zbekiston. 2026 yil 30 sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekistondagi 2-Milliy Trans-Kaspiy transport yo‘lagi konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda hukumat vakillari, xalqaro moliya institutlari, taraqqiyot hamkorlari hamda transport va logistika sohasidagi xususiy sektor vakillarini ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Yevropa Komissiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Bosh direksiyasi hamraisligida o‘tkaziladigan konferensiyada umumiy o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniq investitsiya imkoniyatlari va islohotlarga aylantirish masalalariga e’tibor qaratiladi.

2025 yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Trans-Kaspiy transport yo‘lagi va O‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha investorlar forumi hamda 2024 yil sentabr oyida o‘tkazilgan Trans-Kaspiy transport yo‘lagi Muvofiqlashtirish platformasining 1-Milliy seminari natijalariga tayangan holda, konferensiya O‘zbekistonning Trans-Kaspiy yo‘nalishidagi rolini kuchaytirish hamda Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasida barqaror transport aloqalarini yaxshilash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qilish uchun platforma yaratadi. Muhokamalar temir yo‘l va avtomobil yo‘llari infratuzilmasiga investitsiyalar kiritish, samarali logistika tarmog‘ini rivojlantirish, transport va savdo hujjatlarini raqamlashtirish, chegaradan o‘tish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirishga qaratiladi.

Konferensiya Yevropa Ittifoqining Global Darvoza (Global Gateway) strategiyasi doirasida moliyalashtiriladigan Trans-Kaspiy transport yo‘lagi Muvofiqlashtirish platformasining bir qismi bo‘lib, ushbu platforma Markaziy Osiyoning besh mamlakati, Yevropa Ittifoqi, xalqaro moliya institutlari va xalqaro hamkorlarni birlashtiradi. Uning maqsadi Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi Trans-Kaspiy transport yo‘lagini barqaror, xavfsizroq va tezkorroq aloqaga aylantirishga qaratilgan investitsiyalar va islohotlarni muvofiqlashtirishdan iborat. Konferensiyadan so‘ng uning natijalari ustuvor investitsiyalar va Yo‘lakning samaradorligi hamda raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqadagi strategik rolini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha davom etadigan hamkorlik jarayoniga kiritiladi.