Yevropa Ittifoqi va YuNESKO Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi sohasida bandlik imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda

Qoraqalpog‘iston, 2024-yil 18-mart – Qorao‘zak agroiqtisodiyot texnikumi va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekiston qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida yangi ta’mirdan chiqarilgan kollejning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian xonim, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakili Sara Noshadi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Professional ta'limni rivojlantirish departamenti boshlig‘i O'tkir Alijonov ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda hukumat vakillari, texnikum xodimlari, talabalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ochilish marosimida ta’mirlangan binolar bo‘ylab keng ko‘lamli ekskursiya o‘tkazilib, amalga oshirilgan sezilarli o‘zgarishlar namoyish etildi. Ishtirokchilar o‘qituvchilar va talabalar bilan mazmunli suhbatlar o‘tkazib, loyiha doirasidagi bu yaxshilanishlar texnikumning ta’lim tajribasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida kerakli javoblar olish imkoniga ega bo‘lishdi.
1988-yilda tashkil etilgan Qorao‘zak agroiqtisodiyot texnikumining o‘quvchilari soni sezilarli darajada ko‘payib, 2024-yilda 155 nafar o‘quvchiga yetib, umumiy ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan ikki baravarga oshdi. Muassasa 15 ta ixtisoslashgan malaka bo‘yicha turli o'quv dasturlarini taklif etadi. YuNESKO Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi bilan kollejda 1423 kvadrat metr maydonda keng qamrovli ta’mirlash ishlarini olib bordi. Bu tashabbus natijasida ustaxonalar, o‘quv xonalari va laboratoriyalar ham modernizatsiya qilindi, ularning barchasi o‘quv muhitini yanada takomillashtirish uchun yangi pol qoplamalari, shiftlar va yaxshilangan yoritish tizimlari bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, loyiha doirasida muassasa turli malakaviy dasturlarning amaliy mashg‘ulotlarini qo‘llab-quvvatlovchi zarur manbalar va jihozlar bilan ta’minlandi.

EU in Uzbekistan
O‘tkir Alijonov o‘zining kirish so‘zida shunday dedi:
“Mazkur loyiha doirasida moddiy-texnika bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi sohasi uchun muhim ahamiyat kasb etgan mutaxassisliklarning o‘quv-me’yoriy hujjatlari ham Yevropa standartlari asosida yangilandi. Bunda biz bilan hamkorlik qilayotgan xorijiy hamkorlarimiz va ekspetrlarimizning o‘rni beqiyosdir”.
Sharlotta Adrian xonim Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magidagi YuNESKO loyihasi doirasida yangi modernizatsiya qilingan mazkur texnikumga tashrif buyurish imkoniyatidan juda mamnun ekanligini ta’kidladi:
“Mazkur tashrif Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonda ko‘nikmalarni rivojlantirish, yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va mahalliy rivojlanish bo‘yicha faolligining yana bir namunasi hisoblanadi hamda men loyihaning taasurot qoldiruvchi o‘zgarishlarga va o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasidagi jo‘shqin muhitga guvoh bo‘lganimdan faxrlanaman”.
Sara Noshadi o‘zining qutlov nutqida quyidagilarni qayd etdi:
“YuNESKO sifatida biz nafaqat tezkor natijalarga, balki sa’y-harakatlarimizning doimiy ta’siriga ham sarmoya kiritishga intilamiz. Shuningdek, bizning vazifamiz kollejlarni nafaqat jismoniy ta’mirlash, balki bu maskanda tizimli yordam ko‘rsatish, sifat kafolatini ta’minlash va kelgusi yillar davomida O‘zbekistonda professional ta’lim muvaffaqiyatini ta’minlovchi siyosat asoslarini ishlab chiqishni ham tashkil etadi”.
2020-yildan boshlab YuNESKO Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagida Oʻzbekiston hukumatining qishloq joylarida aholi turmush darajasini oshirish saʼy-harakatlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida boshqaruv va siyosat islohoti, kvalifikasiyalarni modernizatsiya qilish va sifatli professional ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga eʼtibor qaratib, Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’lim strategiyasida yetakchi oʻrinni egallab kelmoqda. Loyiha erkaklar va ayollar, ayniqsa, yoshlarning bandligini oshirishga qaratilgan boʻlsa-da, Oʻzbekistonda barqaror, diversifikatsiyalangan va modernizatsiya qilingan qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi tarmoqlari talablariga javob beradigan zarur koʻnikmalarni egallashga qaratilgan.