Yevropa Ittifoqi va YXHT Markaziy Osiyoda hududiy hamkorlikni mustahkamlash orqali uran sanoati merosini bartaraf etishni qoʻllab-quvvatlaydi
2025 yil 18 iyul, Xoʻjand, Tojikiston. 17-18 iyul kunlari Tojikistonning Xoʻjand shahrida Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagi bilan “Markaziy Osiyoda uran merosi bilan bogʻliq muammolarni xal qilishda manfaatdor tomonlarni jalb etish” loihasi (III bosqich) doirasida mintaqaviy muvofiqlashtirish yigʻilishi oʻtkazdi. Tadbir Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonning Orxus Konvensiyasi markazlari hamda asosiy manfaatdor tomonlari ishtirokida rеgional hamkorlikni mustahkamlash va uran merosi bilan bogʻliq xavflarni bartaraf etishda odamlar ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan yechimlarni joriy etishga qaratildi.
Tadbir davomida Orxus Konventsiyasi markazlari va shunga oʻxshash tashkilotlar Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasida birinchi uch tomonlama hamkorlik memorandumi va 2025–2027 yillar uchun Harakatlar rejasi imzolandi. Bu uran merosini bartaraf etishda mintaqaviy hamkorlikni yanada tizimli qilish, shuningdek, zarar koʻrgan hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash yoʻlini ochadi. Orxus Konventsiyasi markazlari fuqarolar, davlat organlari va xususiy sektorni atrof-muhit muhofazasi boʻyicha muloqotga jalb qiluvchi platforma vazifasini bajaradi.
Yigʻilish Qirgʻizistondagi Osh shahridagi, Tojikistondagi Xoʻjand shahridagi Orxus Konventsiyasi markazlari va Oʻzbekistondagi Sport va ekologik turizm federatsiyasi faoliyatini tahlil qilish uchun ham platforma vazifasini bajardi. Milliy radiatsion xavfsizlik organlari vakillari, YXHTning mintaqadagi missiyalari, Oʻzbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va fuqarolik jamiyati a’zolari erishilgan yutuqlarni muhokama qildilar, muvofiqlashtirish mexanizmlarini kelishib oldilar va umumiy maqsadlarni mustahkamladilar. Dastur yegʻilishlari joylardagi tashriflar va ekologik xavfsizlik, yashil infratuzilma va jamoat darajasidagi tashabbuslar boʻyicha tajriba almashishlarni oʻz ichiga oldi.
“Markaziy Osiyoda uran merosi bilan bogʻliq ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar davlat chegaralari doirasidan oshib ketadi. Orxus Konventsiyasi markazlari oʻrtasidagi hamkorlik memorandumi umumiy yechimlar izlash va joriy etishga qaratilgan yana bir muhim qadamdir. Biz ushbu tashabbusga moliyaviy koʻmak koʻrsatishdan faxrlanamiz va Markaziy Osiyo davlatlari bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida yaqin hamkorlikni kuzatmoqdamiz”, — dedi Oʻzbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi hamkorlik boʻlimi rahbari Vim Riepma.
Muvofiqlashtirish yigʻilishi YXHT Iqtisodiy va ekologik boʻlimi tomonidan Dushanbe, Bishkek va Toshkentdagi YXHT missiyalari bilan hamkorlikda tashkil etilib, Oʻzbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi ishtirokida boʻlib oʻtdi.
YXHT va BMTTD tomonidan Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagi bilan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda uran merosi bilan bogʻliq muammolarni xal qilishda manfaatdor tomonlarni jalb etish” loyihasi (III bosqich) uran obyektlari bilan bogʻliq ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy xavflarni kamaytirishga, inkluziv muloqot, jamoatchilik ishtiroki va zaif jamoalarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu qoʻshma tashabbus uran xavflarini kamaytirish boʻyicha ilgari amalga oshirilgan sa’y-harakatlarga, inklyuziv rivojlanish va jamoatchilikni jalb qilishga asoslangan.