Yevropa Ittifoqining dasturi Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida chegara bilan bog’liq jinoyatlarni tahlil qilish boʻyicha hamkorlikni yaxshilashda davom etmoqda

Toshkentda Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga  ko‘maklashish dasturi - BOMKA 10 doirasida chegara xizmati va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari uchun Interpol bilan o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.

13 oktabr, 2022 yil, Toshkent.

11-13 oktabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga  ko‘maklashish dasturi - BOMKA 10 doirasida chegara xizmati va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari uchun Interpol bilan o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.

BOMCA workshop

 

Tadbir ishtirokchilari Interpol bilan hamkorlik qilish va mazkur xalqaro tashkilot orqali faoliyat yuritishning huquqiy, protsessual va texnik yechimlari bilan tanishishdi.

Yevropol, Interpol va Litva politsiyasi Jinoyat byurosining xalqaro aloqalar boʻlimi mutaxassislari ishtirokchilar bilan birgalikda ushbu sohadagi hamkorlikni tartibga soluvchi qonunchilik va xalqaro huquqiy hujjatlarni mustahkamlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdi. Shuningdek, tadbir davomida Interpol chegara nazorati xizmatlari va ma'lumotlar bazalaridan foydalanish bo’yicha oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish borasida takliflar berildi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi seminarlar orqali Markaziy Osiyoning har bir davlatida mazkur  yo‘nalish bo’yicha bir qator tadbirlar o’tkazish davom ettirilmoqda. Tadbirlar BOMKA dasturining “Qonunbuzarliklarni aniqlash boʼyicha salohiyatni oshirish” deb nomlangan

2-komponenti asosida o’tkazilmoqda va undan ko’zlangan maqsad huquqni muhofaza qilish idoralarining dalillarga asoslangan tergov o’tkazish, xususan, transchegaraviy jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda ishida qoʻllab-quvvatlashdir.

Xuddi shunday seminar Qirg'izistonda ham bo'lib o'tganini eslatib o'tish joiz.

 

BOMKA haqida

Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga koʼmaklashish dasturi (BOMKА) Yevropa Ittifoqining Hamkorlar konsortsiumi hamda Migratsiya siyosatini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Hamkorlar konsortsiumi Latviya Respublikasi Davlat chegarasini qoʼriqlash xizmati tomonidan boshqariladi. BOMKА 10-bosqichining umumiy byudjeti 21,65 million yevroni tashkil etib, u mintaqadagi eng yirik tashabbuslardan biri hisoblanadi. 2021 yilning aprel oyida boshlangan BOMKА dasturini amalga joriy etish muddati 54 oydan iborat.

BOMKАning asosiy maqsadi chegaralarni integratsiyalashgan boshqaruvi asosida mintaqada barqaror iqtisodiy rivojlanishga koʼmaklashish orqali mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashdir. BOMKАning oʼninchi bosqichi mavzuviy jihatdan toʼrt komponentni qamrab olgan: chegara idoralarini institutsional rivojlantirish, qonun buzilishi hollarini aniqlash boʼyicha salohiyatni oshirish, savdoni osonlashtirish hamda transchegaraviy hamkorlikni takomillashtirishga koʼmak berish. Geografik jihatdan loyiha Markaziy Osiyoning barcha besh davlatini qamrab oladi. Аvvalgi faoliyatning yutuq va natijalariga asoslangan joriy bosqich transchegaraviy hamkorlikni qoʼllab-quvvatlash va Markaziy Osiyoning chegaradosh hududlarida yashovchi aholining turmush sharoitini yaxshilash boʼyicha ishlarni davom ettiradi, shuningdek, chegaralar orqali qonuniy savdo oqimini osonlashtiradi.

Markaziy Osiyoda BOMKA dasturini amalga oshirish 2003 yilda boshlangan va shundan buyon Dastur chegaralarni integratsiyalashgan boshqarish kontseptsiyasini qoʼllash orqali chegara nazorati idoralari oʼrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, chegara nazoratini xalqaro tajribalar va Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiqlashtirishda yetakchi ahamiyatga ega boʼlib kelmoqda.

BOMKA dasturi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun BOMKA 10 milliy dasturining Oʻzbekiston boʻyicha koordinatori Zulfiya Sibagatulina bilan bogʻlaning: zulfiya.sibagatulina@icmpd.org