Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Terhi Xakala Oʻzbekistonga tashrifini yakunladi.
25 oktabr 2022 yil. Toshkent, Oʻzbekiston. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, elchi Terhi Xakalaning Oʻzbekistonga 2022 yil 19 va 24 oktabr kunlari davomidagi tashrifi
yakunlandi. Vakil Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari Azim Ahmadxo'jayev, suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Azimjon Nazarov va transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev bilan uchrashdi va Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi.
U Mo‘ynoqdagi Orol dengizining qurigan tubiga tashrif buyurdi va O‘zbekistonda Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi doirasida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bir qancha loyihalar, jumladan, kasb-hunar ta’limi markazi, maktablar va mahalliy xo‘jaliklar uchun tomchilab sug‘orish namunaviy obyekt benefitsiarlari bilan fikr almashdi. Nukusda u Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining Investitsiyalar va tashqi savdo hamda qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari Baxitjan Habibullaev va Daryabay Kaypov bilan rasmiy uchrashuvlar oʻtkazdi.
Maxsus Vakil suhbatdoshlari bilan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan hamkorligini muhokama qildi va O‘zbekistonning faol rolini ijobiy baholadi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga e’tibor va ko‘magini tasdiqladi hamda Yevropa Ittifoqi bilan mintaqaviy hamkorlikni, jumladan, fuqarolik jamiyati muloqoti, inson huquqlari, aloqadorlik, suv resurslarini boshqarish, energetika va raqamlashtirishni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Qoraqalpog‘istonda u mintaqadagi o‘zgarishlar bilan qiziqdi va Orol fojiasi va uning mahalliy aholiga ta’sirini bartaraf etish muhimligini ta’kidladi.