Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasida Ukrainani qoʻllab-quvvatlash maqsadida film namoyishi boʻlib oʻtdi

22.02.2024
Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi
Press and information team of the Delegation to UZBEKISTAN

 

2024 yil 22 fevral, Toshkent, Oʻzbekiston. Butun dunyo Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining ikki yillik oqibatlarini muhokama qilayotgan kunlarda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasida Polsha elchixonasi va Ukraina elchixonasi tashabbuslari bilan “Pare Lorents” mukofotga sazovor boʻlgan mashhur polshalik kinorejissyor Machek Xamelaning "Orqa koʻrinish koʻzgusida" ("In the Rearview" ingliz tilida, Skąd dokądpolyak tilida, ya’ni soʻzma-soʻz tarjima qilganda “Qayerdan qayerga”) hujjatli filmini namoyishi oʻtkazildi.

2 years of war in Ukraine

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan bir qator davlatlarning elchilari, milliy hamkorlar va jurnalistlar ishtirok etgan filmning namoyishi Ukrainaga qarshi harbiy tajovuz va uning keng qamrovli oqibatlarini yoritishga qaratilgan edi.

2 years of War in Ukraine

"Orqa koʻzguda" - urushdan zarar koʻrgan odamlarning hikoyalari, ularning kurashlari va chidamliligini aks ettiradi. Film Rossiya tajovuzining epitsentrida yashaydiganlar duch keladigan qattiq haqiqatlar haqida tushuncha beradi.

EU Ambassador

Tadbirda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian shunday dedi: "Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushi butun dunyo uchun xavfli pretsedent yaratmoqda. Toʻliq bosqindan ikki yil oʻtgach, Yevropa ittifoqi Ukrainaning 1991 yilgi chegaralarida toʻliq suvereniteti va hududiy yaxlitligini tiklashni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo, shu jumladan Oʻzbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlashga sodiqdir."

Namoyishdan soʻng, ishtirokchilarga har bir mamlakatning suvereniteti masalalari boʻyicha muloqotga kirish va Ukrainani yanada qoʻllab-quvvatlash yoʻllarini muhokama qilish imkoniyatini beradigan munozaralar boʻlib oʻtdi.

Tadbir shu kabi vaziyatlarda va tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda xalqaro birdamlikning muhimligini ta'kidladi. Diplomatlar, jurnalistlar va faol fuqarolarni birlashtirgan holda, u xabardorlikni oshirish va dolzarb global muammolar boʻyicha muloqotni rivojlantirishga qaratilgan.