Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo Fuqarolik Jamiyati Forumi ishtirokchilari uchun uchrashuv o‘tkazdi

2026 yil 5 - 6 fevral kunlari Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida 6-Yevropa Ittfoqi - Markaziy Osiyo Fuqarolik Jamiyati Forumi bo‘lib o‘tadi

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi 2026 yil 5 - 6 fevral kunlari Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan 6-Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo Fuqarolik Jamiyati Forumi oldidan O‘zbekiston fuqarolik jamiyati vakillari uchun  uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Forumning asosiy ustuvor yo‘nalishlari, jumladan Yevropa Ittifoqining "Global Darvoza" (Global Gateway) tashabbusi va uning tematik yo‘nalishlari - raqamli transformatsiya, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish, boshqaruv va mas’uliyatli biznes, ayollar huquqlarini kengaytirish hamda yoshlarning ishtiroki - muhokama qilindi. Ishtirokchilar mintaqaviy muloqotni aniq amaliy harakatlarga aylantirishda fuqarolik jamiyatining o‘rni yuzasidan fikr almashdilar.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasida, Yevropa Ittifoqining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Toyvo Klaar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv Markaziy Osiyoda fuqarolik faolligi va mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida Yevropa Ittifoqining doimiy e’tiborini yana bir bor namoyon etdi.