Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Farg‘onaga ikki kunlik tashrif bilan boradi
17 iyul, 2023 yil, Farg‘ona, O‘zbekiston. 2023 yilning 18-19 iyul kunlari Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va Konrad Adenauer fondi tomonidan amalga oshirilgan “Markaziy Osiyoda bag‘rikenglik va tinchlik yo‘lida transchegaraviy ko‘p qirrali muloqot” mintaqaviy loyihasi tomonidan tashkil etilgan “Farg‘ona vodiysida do‘stlik ko‘priglari” forumida ishtirok etadi. Forumda Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat idoralari vakillari, yoshlar yetakchilari, ekspertlar ishtirok etib, loyiha natijalarini taqdim etadilar hamda ishtirokchi mamlakatlarda tinchlik oʻrnatish va barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qiladilar.
Shuningdek, elchi mahalliy hukumat vakillari bilan uchrashadi, Farg‘ona politexnika institutiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasi rahbariyati va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Erasmus+ dasturining mahalliy koordinatorlari bilan uchrashadi.
19 iyul kuni elchi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Farg‘ona vodiysi suv resurslarini boshqarish loyihasiga tashrif buyuradi, so‘ngra mahalliy tadbirkorlar hamjamiyati bilan uchrashadi. Tashrif kun tartibiga, shuningdek, mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va barqaror o‘sishni kuchaytirish, transchegaraviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan BOMKA10 – Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga yordam dasturi bo‘yicha ish olib borayotgan “Taraqqiyot” nodavlat tashkilotida uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Hamda, Yevropa Ittifoqining “Spotlight Initiative” dasturi granti sohibi “Mehrjon” nodavlat tashkiloti, qaysiki huquqshunoslar, psixologlar, ijtimoiy ishchilar va viloyatdagi 20 NNT yetakchilarini o‘qitish orqali oila va jamiyatda zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan loyiha vakillari bilan uchrashuv bo‘ladi.