Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Farg‘onaga tashrifini yakunladi

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian 2023 yilning 18-19 iyul kunlari Farg‘onaga ilk tashrifini amalga oshirdi.

 

20 iyul, 2023 yil, Farg‘ona, O‘zbekiston. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian 2023 yilning 18-19 iyul kunlari Farg‘onaga ilk tashrifini amalga oshirdi. Missiya doirasida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda bag‘rikenglik va tinchlik yo‘lida transchegaraviy ko‘p qirrali muloqot” mintaqaviy loyihasi doirasida tashkil etilgan “Farg‘ona vodiysida do‘stlik ko‘priglari” Markaziy Osiyo yoshlar forumida ishtirok etdi. Ushbu loyiha Konrad Adenauer jamg‘armasi boshchiligidagi konsorsium tomonidan va uchta milliy hamkor: “BIOM” Ekologik harakati (Qirg‘iziston), “Yuksalish” umummilliy harakati (O‘zbekiston) va “Gender va taraqqiyot” jamoat tashkiloti (Tojikiston) bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Forum Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat idoralari vakillari, yoshlar yetakchilari va ekspertlarini birlashtirib, Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlari vakillariga tinchlik oʻrnatish uchun mintaqaviy integratsiyada yoshlarning rolini muhokama qilish va munozaralarda ishtirok etish imkonini berdi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian qutlayotganda,

“Biz siyosatni shakllantirish jarayonida yoshlarning ko‘p qirrali ishtirok etish madaniyatini ilgari surish tarafdorimiz”, -  deb ta’kidladi.

 

Fergana-1

Elchi viloyat hokimligi  vakillari bilan ham uchrashib, viloyatni iqtisodiyoti, ijtimoiy rivojlanishi, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari haqida ma’lumot oldi va Kengaytirilgan savdo preferensiyalari (GSP+) kabi mavjud loyiha va mexanizmlar doirasida hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari haqida fikr almashdi. GSP+ tizimi aʼzosi sifatida Oʻzbekiston GSP qamrab oluvchi mahsulot turlarining uchdan ikki qismi uchun tariflarning toʻliq bekor qilinishi tufayli foyda koʻradi, bu esa oʻz navbatida eksport oʻsishiga yordam berishi mumkin.

Fergana 2

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir ustuvor yo‘nalishi O‘zbekistondagi yoshlarning tajriba almashish va ta’lim dasturlari orqali ko‘nikma va bilimlarini oshirishdan iborat. Shunday qilib, Yevropa Komissiyasi tomonidan moliyalashtirilgan ERASMUS+ dasturi amalga oshirilayotgan Farg‘ona politexnika institutida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Elchi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Farg‘ona vodiysi suv resurslarini boshqarish loyihasiga monitoring tashrifi bilan bordi, loyiha qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish, ma’lumot tarqatish, texnologiyalarni namoyish qilish, tajriba almashish tadbirlari va pilot tumanlarda yangi suv va resurslarni tejash texnologiyalarini joriy etish orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Missiya dasturi doirasida elchi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan qishloq jamoalarini qo‘llab-quvvatlash loyihalari va gender tengligi, gender asosidagi zo‘ravonlik masalalari ustida ish olib borayotgan “Taraqqiyot” va “Mehrjon” nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishganidan beri u bilan aloqalarni oʻrnatgan. Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonga birinchi navbatda moliyaviy yordam koʻrsatadi, undan tashqari iqtisodiy taraqqiyotga koʻmaklashadi; samarali boshqaruv; raqamli transformatsiya va yashil rivojlanish; barqaror qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sektorini qoʻllab-quvatlaydi.