Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Xorazmda XI Yevropa kino festivalini ochadi

2026-yil 23-oktabr – Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar 26-oktabr kuni O‘zbekistonning XI Yevropa kino festivalini Xorazm viloyatida ochish maqsadida Urganch shahriga tashrif buyuradi.

Festivalning ochilish marosimi matbuot anjumani va Fransiya hamda Lyuksemburg tomonidan suratga olingan A Boat in the Garden animatsion filmining namoyishi bilan boshlanadi. 27 oktabr kuni Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda keng jamoatchilik uchun film namoyishlari davom etadi.

Yevropa kinosini Xorazmga olib kelish orqali festival Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida madaniy almashinuv, o‘zaro tushunish va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Elchining tashrif dasturidan Xorazm viloyati hokimligida uchrashuv, shuningdek, YUNESKO tomonidan amalga oshirilayotgan, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida bandlik uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi doirasida ta’mirlangan va jihozlangan Qo‘shko‘pir suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejiga hamda Urganch davlat universitetiga tashriflar ham o‘rin olgan.