Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha Oliy vakili/Yevrokomissiya raisining o'rinbosari Jozep Borrell O'zbekkiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bilan uchrashdi

Bugun Bryusselda Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha Oliy vakili/Yevrokomissiya raisining o'rinbosari Jozep Borrell O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bilan uchrashdi.

Uchrashuv Yevropa Ittifoqi va O'zbekistonning munosabatlarining hozirgi holatini muhokama qilish imkonini berdi. Tomonlar Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik haqidagi bitim (EPCA) bo'yicha yaqinda yakunlangan muzokaralarni qutladilar. EPCA Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish uchun zamonaviy va yuqori qamrovli asosni ta'minlaydi. Shartnoma hamkorlikning yangi yo'nalishlarini qamrab olgan va savdo-iqtisodiy munosabatlarning normativ bazasini sezilarli darajada yangilaydi. 

Oliy vakil Borrell O'zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy va siyosiy islohotlarni qutladi va islohotlar jarayoni izchil bo'lishiga umid bildirdi. Iyul oyini boshlarida Qoraqalpog'iston Respublikasidagi noroziliklarga to'xtar ekan, Oliy vakil noroziliklardan so'ng boshlangan tergovni borishi bilan qiziqdi. Shuningdek, u barcha manfaatdor tomonlar bilan, ayniqsa Konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritish borasida mazmunli maslahatlashuvlarni muhimligini eslatib o'tdi. 

Oliy vakil Borrell 17 noyabr kuni Samarqandda o'tkaziladigan YeI-Markaziy Osiyo Vazirlar uchrashuvi va 18 noyabrda o'tkazilishi mo'ljallangan YeI –Markaziy Osiyo o'zaro aloqadorlik bo'yicha Konferensiyani o'tkazilishi munosabati bilan O'zbekistonga o'z tashakkurini bildirdi. O'zaro aloqadorlik Markaziy Osiyo mintaqasi bilan munosabatlarda Yevropa Ittifoqi uchun ustuvor hisoblanadi.

Oliy vakil Borrell va vazir Norov, shuningdek, joriy yirlda O'zbekistonda o'tkaziladigan Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) va Turk davlatlari tashkiloti (TDT) bo'lajak sammitlarini qisqacha muhokama qildilar.