Yevropa katta ekranda: Özbekistonda XI Yevropa kinofestivali boşlandi

Bugun Özbekiston Milliy kino san’ati saroyida joriy yilda Toşkent va Urganҫ şaharlarida bölib ötadigan XI Yevropa kinofestivalining tantanali oҫiliş marosimi bölib ötdi. Har yili ötkaziladigan uşbu madaniy tadbir Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda hamda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elҫixonalari, şu bilan birga, madaniyat muassasalari va boşqa Yevropa davlatlari kömagida taşkil etib kelinmoqda.

 

An’anaga köra, tadbir matbuot anjumani bilan boşlanib, unda Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi Elҫisi Toyvo Klaar, Özbekiston Kinoarboblari ijodiy uyuşmasi raisi Matyoqub Matҫanov iştirok etdilar.

Press conference

Özbekistondagi XI Yevropa kinofestivali dasturidan Kipr, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Ruminiya va Sloveniya rejissyorlarining 11 ta samimiy hikoyasi örin olgan. Festival kunlarida tomoşabinlar e’tiboriga hujjatli filmlardan tortib, psixologik dramalar, animatsiya, biografik kartinalar va romantik hikoyalargaҫa bölgan turli janrlarni öz iҫiga olgan dastur havola etiladi.

Yevropa kinofestivali 2013 yildan buyon kino ixlosmandlarini birlaştirib kelayotgan eng orziqib kutiladigan madaniy tadbirlardan biri hisoblanadi. Ötgan yillar davomida Özbekistonning töqqizta hududida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va boşqa Yevropa mamlakatlarining deyarli butun geografiyasini qamrab olgan 120 dan ortiq kinokartina namoyiş etildi. Yevropa kinematografiyasining xilma-xilligi Navoiy, Nukus, Şahrisabz, Farğona, Jizzax, Buxoro va boşqa şaharlardagi tomoşabinlarga taqdim etilib, barҫa joyda keng jamoatҫilik tomonidan qizğin kutib olindi.

Festival dasturi 23-25 oktabr kunlari Toşkentdagi Milliy kino san’ati saroyida (sobiq “Panorama”) hamda 27 oktabr kuni Urganҫdagi Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda namoyiş etiladi.

EU Ambassador

Тoyvo Klaar, Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elҫisi:

“Yevropa kinofestivali — madaniyatlarimizning xilma-xilligi hamda umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvҫi hikoyalar orqali Yevropani kaşf etiş imkoniyati. Bu yil biz kinofestival bayramini Urganҫ şahri bilan baham köryapmiz. Kino tadbirining geografiyasini Toşkentdan taşqariga kengaytiriş Özbekiston viloyatlarida madaniy almaşinuvni mustahkamlaşga xizmat qiluvҫi yaxşi an’anaga aylandi. Özbekiston Kinematografiya agentligi, Yevropa Ittifoqi davlatlari elҫixonalari va iştirok etayotgan madaniy taşkilotlarga köp yillik hamkorlik uҫun öz minnatdorҫiligimni bildirmoqҫiman. Ularning hissasi uşbu festivalni yorqin voqealardan biriga hamda kino san’atining universal tili orqali mamlakatlar örtasidagi jonli muloqotga aylantirdi”.

Matyakub Matchanov

Özbekiston Kinoarboblari ijodiy uyuşmasi raisi Matyoqub Matҫanov:

"Yevropa kinofestivali madaniyatlar örtasidagi muloqotni rivojlantiriş va ijodiy tajriba almaşiş uҫun muhim maydon hisoblanadi. U özbekistonlik tomoşabinlarga Yevropa kinematografiyasining öziga xos badiiy yondaşuvlari, turli xalqlarning hayoti, qadriyatlari va ma’naviy olami bilan yaqindan tanişiş imkonini beradi. Kino san’ati orqali xalqlar örtasidagi özaro anglaşuv va döstlik mustahkamlanib, yangi ijodiy ğoyalar va xalqaro hamkorlik loyihalari uҫun zamin yaratiladi. Bugungi kunda Özbekiston Yevropa davlatlari bilan kinematografiya sohasidagi hamkorlikni izҫil rivojlantirmoqda. Qöşma filmlar yaratiş, tajriba almaşiş va milliy kino asarlarimizni xalqaro maydonda tarğib etiş uşbu hamkorlikning muhim yönalişlaridir. Işonҫim komilki, bunday taşabbuslar özbek kinoijodkorlarining kasbiy salohiyatini oşiriş, milliy kinematografiyamizning xalqaro nufuzini mustahkamlaş va xalqlarimiz örtasidagi madaniy aloqalarni yanada kengaytirişga xizmat qiladi. Barҫani Toşkent va Urganҫ şaharlarida bölib ötadigan XI Yevropa kinofestivalida iştirok etişga taklif etaman!"

The Boat in the Garden

Festival dasturini 2024 yilda Fransiya va Lyuksemburg hamkorligida suratga olingan “Boğdagi qayiq” animatsion filmi (asl nomi - Slocum et moi) oҫib berdi. Ta’sirli multfilmga Jan-Fransua Lagioni rejissyorlik qilgan bölib, u “Cartoons on the Bay” festivalida eng yaxşi deb topilgan va “Pulҫinella” mukofotini (Pulcinella Awards) qölga kiritgan, şuningdek, Ansidagi Xalqaro animatsion filmlar festivali dasturida hamda “Lyumer” milliy kino mukofotida eng yaxşi animatsion film nominatsiyasiga da’vogarlik qildi. Multfilm voqealari 1950 yillarning boşlarida dengiz böyidagi şaharlardan birida keҫadi. Unda yoş Fransua ota-onasi bilan birga ğayrioddiy iş — oilaviy boğda yelkanli kema quriş bilan band böladi. Bu dadil loyiha boş qahramonni bolalikdan ösmirlikka ötiş ramzi bölgan ulkan orzular va ğoyalarga ilhomlantiradi.

Festival kunlari davomida Özbekistondagi Britaniya Kengaşi tomonidan, şuningdek, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti (ÖzDJTU) hududida hamda MOK HUB madaniy makonida talabalar uҫun qisqa metrajli filmlar turkumi taqdim etiladi. 

Özbekistondagi Yevropa kinofestivali ötgan yillar davomida turli madaniy taşabbuslar uҫun öziga xos platformaga aylandi. Uning asosiy maqsadi mamlakatlar va insonlarni serqirra kinematografiya san’ati orqali birlaştirişga qaratilgan.

Kinofestivalni ҫinakam “Yevropa jamoasi” ruhida taşkil etişda körsatgan bebaho yordami uҫun Kipr, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Ruminiya va Sloveniya elҫixonalariga, şuningdek, Fransuz universiteti va Gyote institutiga özimizning samimiy minnatdorligimizni bildiramiz.