Yevropa Kino Festivalining O‘zbekistondagi 10 yillik yubileyi nishonlandi!

12.12.2025

Yubiley dasturida 12 ta Yevropa Ittifoqi davlatidan 12 ta film namoyish etildi va ikki shaharda 2 300 dan ortiq tomoshabin ishtirok etdi.

Remote video URL

 

2025-yil 6–12 noyabr kunlari Toshkent va Termiz shaharlari tomoshabinlari Yevropa kinosi va madaniy almashinuviga bag‘ishlangan boy dasturdan bahramand bo‘lishdi.

Festival Toshkentda YEI elchisi Toivo Klaar va Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev ishtirokidagi matbuot anjumani bilan ochildi. Tadbir qabul marosimi va latviyalik rejissyor Gints Zilbalodisning Flow animatsion filmi namoyishi bilan davom etdi.

7–9 noyabr kunlari kinoko‘rsatuvlar davom ettirildi. Shuningdek, ispan raqs jamoasi Aire Nuevo Danza Davlat xoreografiya akademiyasida mahorat darsi va “De Ayer a Hoy” nomli chiqishini taqdim etdi. Alliance Française va Gyote-Institut hamkorligida havaskor qisqa metrajli filmlar ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.

Festival 11–12 noyabr kunlari Termizda davom etdi. Ochilish marosimi gretsiyalik rejissyor Giorgos Kordelasning Roza of Smyrna filmi namoyishi bilan boshlandi.

Yubiley dasturida 12 ta Yevropa Ittifoqi davlatidan 12 ta film namoyish etildi va ikki shaharda 2 300 dan ortiq tomoshabin ishtirok etdi.

O‘zbekiston bilan birga Yevropa kinosining 10 yilligini nishonlagan barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz!