Yevropa kinofestivali Toshkent va Buxoroda 15ta kino durdonasini taqdim etadi
Toshkent va Buxoroda 1–5-oktabr kunlari “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida 8- Yevropa kinofestivali o‘tkaziladi.
Dastur Yevropa yakdilligini ifoda etuvchi 15ta turli janrdagi filmini o‘z ichiga oladi. Filmlar asliyat tilida, subtitrlar bilan namoyish etiladi. Yevropa kinofestivaliga kirish – bepul.
“Yevropa kinofestivali – kino muxlislari uchun uzoq kutilgan voqyea, u madaniyatlarni birlashtiradi va ufqlarni kengaytiradi. 2023-yilgi festival dasturi global va Yevropa miqyosidagi ijtimoiy muammolarning keng ko‘lamini tadqiq etuvchi, e'tirof va sovrinlarga sazovor bo‘lgan Yevropa filmlarini qamrab oladi. Ularning barchasi O‘zbekiston uchun ham dolzarb. So’ngi yillarda festival O‘zbekistonning yettita hududini qamrab olib, 20 000 tomoshabin qalbini 20ta Yevropa mamlakatidan 90ta film bilan zabt etdi. U quvonch taratadi, qiziqish uyg‘otadi va YI kinematografiyasining boy dunyosi bilan tanishtiradi. San'at va madaniyat abadiy yashasin!”, — deya, qayd etdi Yevopa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Sharlotta Adrian.
Festival dasturiga Avstriya, Belgiya, Xorvatiya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Italiya, Malta, Portugaliya, Ruminiya, Sloveniya, Ispaniya va Ukraina kabi Yevropa mamlakatlarida suratga olingan 15ta kartina kirdi.
Filmlar tomoshabinlarga turlicha kinematografik tajribani taklif etadi va turfa janrlarni qamrab oladi: komediya va dramadan to animatsiya va hujjatli filmgacha. Bu kartinalar o‘ylashga undaydi va ekologik halokatlar, qarilik va yolg‘izlik muammolari, otalar va bolalar o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, ota-onadan separatsiyalashish, madaniyatdagi tafovutlar, jamiyatdagi bosim va inson ruhiyatining qorong‘u jihatlari kabi chuqur mavzularni yoritadi.
Axborot uchun:
• Yevropa kinofestivali ikkita manzilda o‘tadi:
— Toshkentda namoyishlar 1–3-oktabrda “Yulduz” kinoteatrida o‘tkaziladi (sobiq Premier Hall kinoteatri);
— Buxoroda namoyishlar 3–5-oktabrda “Buxoro” kinoteatrida o‘tkaziladi.
• Kirish bepul va jonli navbat tartibida amalga oshiriladi. Avvaldan ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.
• Filmlar asliyat tilida, o‘zbek yoki rus tillaridagi subtitrlar bilan namoyish etiladi. Subtitrlar to‘g‘risidagi batafsil axborotni festival dasturida ko‘rish mumkin.
• Filmlar katalogi va dastur festivalning rasmiy www.tiffest.uz saytida va YIning O‘zbekistondagi delegatsiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilingan: Telegram, Facebook, Instagram.
Yevropa kinofestivali treyleri
Festivalning yorqin filmlari:
- “Mening fikrlarim jim” (Ukraina, 2019) noyob syujeti va postanovkasi uchun turli kinofestivallar sovrinlari bilan taqdirlangan.
- “Lutsu” (Malta, 2021) Sundance kinofestivalida tandqidchilar e'tirofiga va sovrinlarga, jumladan aktyorlik mahorati uchun hay'atning maxsus sovriniga ega bo‘ldi.
- “Sanremo” (Sloveniya, Italiya, 2020) hissiy chuqurlik va bayon uslubi uchun yuksak baho olgan.
- “Dilili Parijda” (Fransiya, 2018), Mishel Oseloning animatsion filmi, animatsiya va bayon uslubi uchun e'tirof etilgan.
- “Tun ertaklari” (Fransiya, 2011), hayratlanarli vizual effektlarga ega animatsion film, animatsiya festivallarida e'tirof qozongan.
- “Menga turmushga chiq” (Belgiya, 2014) turfa xalqaro kinofestivallar hay'atlari tomonidan yuksak baholangan.
Toshkent-2023 Xalqaro Kinofestivali to‘g‘risida
XV “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali milliy kino san'atining asriy an'analarini saqlab qolish va rivojlantirish, O‘zbekistonda madaniy-ma'rifiy faoliyatni yanada rivojlantirish, mashhur Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli “Kino san'ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadlarida o‘tkaziladi.
Batafsil axborotni www.tiffest.uz saytida olish mumkin.
Yevropa Ittifoqi to‘g‘risida
Yevropa Ittifoqi – 27 ta Yevropa davlatining iqtisodiy va siyosiy birlashmasi. U inson qadriga hurmat, erkinlik, demokratiya, tenglik, qonun ustuvorligi va inson, jumladan ozchilikka mansub shaxslar huquqlariga ehtirom kabi qadriyatlarga asoslangan. U butun dunyo bo‘ylab ish ko‘radi va jamiyat, atrof-muhit va iqtisodiyotning umum manfaati yo‘lida barqaror taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlaydi.
CONTACT DETAILS
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi
Xalqaro biznes markazi, Amir Temur ko‘chasi, 107 B
100 084 Toshkent, O‘zbekiston
Telefon: +998 78 120 16 02.01.03.04
Faks: +998 78 120 16 08
Elektron manzil: Delegation-uzbekistan@eeas.europa.eu