Yevropa kinolari katta ekranda: bu festivalni o‘tkazib yuborish mumkin emas!
Festival dasturiga turli janrdagi filmlar kiradi: chuqur dramalardan tortib komediyalargacha. Har kuni soat 14:00 da namoyish etiladigan hujjatli filmlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu filmlar texnologiya ta’siri va urush oqibatlaridan tortib, qiyinchiliklarni yengib oʻtish haqidagi hikoyalargacha boʻlgan muhim mavzularni qamrab oladi.
Jadval:
29 noyabr
11:00 – “Suv parisi yigʻlamaydi” (Avstriya): oʻzini anglash haqidagi zamonaviy ertak.
14:00 – “Imadning bolaligi” (Shvetsiya, Iroq, Latviya, hujjatli): urushdan aziyat chekkan bola haqidagi hujjatli hikoya.
19:00 – “Jiguli” guruhi haqidagi haqiqatlar” (Bolgariya): muvaffaqiyat sari ikkinchi imkoniyat haqida ta’sirchan komediya.
30 noyabr
11:00 – “Lyuksemburg, Lyuksemburg” (Ukraina): ikki aka-ukaning ta’sirchan hikoyasi.
14:00 – “Lola” (Irlandiya): kelajakdan radioto‘lqinlarni qabul qilish qurilmasini ixtiro qilgan opa-singillar haqida hujjatli film.
19:00 - “Aybsiz aybdor” (Sloveniya): kechirimlilik va bagʻrikenglik haqidagi drama.
1 dekabr
11:00 – “Birinchi qor” (Finlandiya): qochqinlik maqomini olish uchun kurashayotgan oilaning hikoyasi.
14:00 – “Urush-uch ayol nigohida” (Germaniya): Ikkinchi jahon urushi muxbirlari haqidagi hujjatli film.
19:00 – “Xavfli janoblar” (Polsha): kulgili detektiv hikoya.
Filmlar original tilda oʻzbek va ingliz tilidagi subtitrlar bilan namoyish etiladi, bu esa tomoshabinlarga qahramonlar dunyosiga to‘liq sho‘ng‘ish va milliy madaniyatlar rang-barangligini his qilish imkonini beradi.
Kirish bepul!
Oʻzingizga uch kun ilhomni hadya qiling va Yevropa kinosining sehrini kashf eting.
Sana: 29 noyabr - 1 dekabr
Manzil: Milliy kino sanʼati saroyi (Panorama). Qoʻshimcha ma’lumot uchun Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring.