2022-yilning may oyi davomida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi qadriyatlari va imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot berish maqsadida Yevropa kuni munosabati bilan bir qator tadbirlarni tashkil etdi. Bu sana 1950 yilgi Shuman deklaratsiyasining taskil topganiligini nishonlaydi va Yevropa Ittifoqi qadriyatlari va imkoniyatlari haqida ko'proq ma'lumot olish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu yil Yevropa kuni Yevropa Yoshlar yili doirasida Yevropada ham, O‘zbekistonda ham yoshlarning ushbu qadriyatlarni mustahkamlashdagi muhim roliga e’tibor qaratilib nishonlandi.

Ko‘p yillik pandemiya va ommaviy tadbirlar uchun cheklovlardan so‘ng O‘zbekistonda Yevropa kuni yana shaxsan nishonlandi. 19-may kuni O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida nishonlash tantanasi bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar jahonga mashhur pianinochi Voytsex Valetsk va O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri tomonidan Motsartning 21-Sonli Konsertini tinglashga taklif qilindi.
Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlarning diplomatik korpusi hamda xalqaro va hukumat hamkorlari konsert va bayramona qabul marosimiga jahon klassik durdonalari ijrosidan bahramand bo'lish uchun Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasiga qo'shildilar.
Hamkorlik ramzi sifatida Ulug‘bek Mahmudov boshchiligidagi Davlat simfonik orkestri Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri solistlari va xor bilan Betxovenning 9-sonli simfoniyasi – “Shodlik qasidasi” finalini ijro etdi.
Kecha Konservatoriyada bayramona qabul bilan yakunlandi.