Yevropa Kuni 2023 O‘zbekistonda 4-6 may kunlari nishonlanadi
2 may 2023, Toshkent, O'zbekiston. 4 may kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi O‘zbekistonda Yevropa Kuni – tinchlik va birdamlik qadriyatlariga bag‘ishlangan har yilgi tadbir boshlanishiga start beradi. 2023 yilda Yevropa Kuni ham Yevropada, ham O‘zbekistonda inson kapitalining ahamiyatli
o‘rniga urg‘u bergan holda Yevropa ko‘nikmalar yili doirasida o‘tkaziladi. Shuningdek, Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasining 75 yilligi ham diqqat markazida bo‘ladi.
2023 yil – Yevropa ko‘nikmalar yili kasbiy va ijtimoiy integratsiya hamda jamiyat rivojiga yo‘naltirilgan bo‘lib, u yoshlarni, ayollar va etnik ozchilikni, shuningdek ekologik va raqamli jamiyatga o‘tishni rag‘batlantiruvchi, innovatsiyalar va raqobatbardoshlikni ta'minlovchi, shuningdek “Global darvoza” strategiyasi doirasidagi o‘quv va tadqiqotchilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarni nazarda tutadi.
“Avlodlar vorisiyligi – o‘zbek xalqaining farqli jihati. O‘zbekiston xalqining ajoyib «ustoz-shogird» an'anasi avloddan-avlodga avaylab saqlanib, benuqson o‘tib keladi – yoshlar hunar va kasbiy
ko‘nikmalarni yoshi katta ustozlar qo‘lida o‘rganadilar. Yevropa Ittifoqi ham ushbu tajriba va bilim almashinuvi silsilasiga o‘z hissasini qo‘shayotganidan mamnunmiz. Biz moliyalaydigan loyihalar va dasturlarimiz orqali ayollar, yoshlar va qishloq aholisini bugungi kunda talabgir bo‘libgina qolmay, balki ularning yanada takomillashishi va rivojlanishiga xizmat ham qiluvchi
kasbiy ko‘nikmalar bilan ta'minlaymiz”, - deydi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.
Yevropa Jamoasi va texnik ko‘mak loyihalari bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi jamiyatning har bir a'zosiga, uning ijtimoiy holatidan qat'i nazar, o‘z karyerasi va o‘z kelajagi uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olish imkonini yaratadi. Shu tariqa, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Yevropa Kuni doirasida qator tadbirlar tashkil etadi va O‘zbekiston aholisini Yevropa Ittifoqi tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘proq xabardor bo‘lishga taklif etadi:
5 mayda Yevropa Kuni sharafiga Klassik musiqa konserti o‘tkaziladi. Yevropa Ittifoqi Delegatsyaisi klassik opera va balet merosi muxlislarini Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik opera va balet teatriga Yevropa Kunini nishonlashga taklif etadi. Gala-konsert simfonik orkestr, teatrning yetakchi opera, xor va balet yakkaxonlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Jahon opera klassikasining sara asarlari yangraydi, mashhur baletlardan sahnalar ijro etiladi. Konsert bepul, kirish taklifnomalar bilan.
6 may kuni Toshkent botanika bog‘ida “Yevropa Kuni” festivali o‘tkaziladi. Festival Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasida ta'lim va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning ahamiyatini, Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar madaniyati va an'analarining turfa xilligini yaqqol namoyish etadi, shuningdek hamkorlik doirasida taklif etilayotgan istiqbollarni o‘rganish imkonini beradi.
Festivalda “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik”, “O‘zbekistonda gender tengligi va ayollar huquqlarini ilgarilatish uchun fuqarolik jamiyati, jamoalar va hokimiyat organlarini mustahkamlash”, “Samarqand shahrida qattiq chiqindilarni boshqarish tizimini yaxshilash”, “Erasmus+ dasturi”, bog‘dorchilikni rivojlantirish faoliyati sohasidagi 35dan ortiq loyiha taqdim etiladi.
Shuningdek, festival keng auditoriya uchun ko‘ngilochar dasturga ham ega: o‘zbek estradasi yulduzlarining chiqishlari, turli mavzularga oid fleshmoblar, mahorat saboqlari, ijodiy va sport tadbirlari, shuningdek tashrif buyuruvchilar uchun raqs maydonlari o‘rin olgan. Kirish bepul.
“Yevropa Kuni” va “Yevropa ko‘nikmalar yili” tadbirlari to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotni Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi saytlarida hamda Facebook, Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida topish mumkin. Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining O‘zbekistondagi faoliyatiya to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotni quyidagi saytdan olish mumkin.
Ma'lumot uchun
Yevropa Kuni to‘g‘risida
Yevropa Kuni – bu Fransiya tashqi ishlar vaziri Robert Shumanning nutqi xotirasiga bag‘ishlangan – “Shuman deklaratsiyasi” imzolanganligining har yili nishonlanadigan sanasidir. Robert Shuman o‘zining ushbu tarixiy nutqini 1950-yil 9-mayda so‘zlagan va u Yevropa Ittifoqining tashkil etilishiga olib kelgan. Uning nutqi Deklaratsiyaga aylandi, hujjat imzolangan sana esa Yevropada tinchlik va birdamlikni saqlab qolishga xizmat qiluvchi sana sifatida har yili nishonlanadi. Hozirda Yevropa Kuni barcha Yevropa mamlakatlarida, shuningdek hamkor mamlakatlar, xususan O‘zbekistonda ham ommaviy nishonlanadi.