Yevropa Parlamenti Birinchi Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi Parlament Hamkorligi Forumi oldidan koʻnikmalarni rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga e’tibor qaratmoqda

2026 yil 30-31 mart kunlariga rejalashtirilgan Birinchi Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi Parlament Hamkorlik Forumi arafasida yuqori darajadagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi Samarqand shahridagi ikkita asosiy ta’lim muassasasiga tashrif buyurib, Yevropa Ittifoqining yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, koʻnikmalarni rivojlantirish va madaniy merosni saqlashga sodiqligini ta’kidladi.

 

30 Mart 2026 yil, Samarqand, Oʻzbekiston. 2026 yil 30-31 mart kunlariga rejalashtirilgan Birinchi Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi Parlament Hamkorlik Forumi arafasida yuqori darajadagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi Samarqand shahridagi ikkita asosiy ta’lim muassasasiga tashrif buyurib, Yevropa Ittifoqining yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, koʻnikmalarni rivojlantirish va madaniy merosni saqlashga sodiqligini ta’kidladi. Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo bilan aloqalar boʻyicha delegatsiyasi (DCAS) raisi Juzi Princhi xonim, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili janob Eduards Stiprays va Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi janob Toyvo Klaar boshchiligidagi delegatsiya Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar Oʻzbekistonda kadrlarni tayyorlash va akademik landshaftining kelajagini qanday shakllantirayotganiga bevosita guvoh boʻldi. 

  1. Samarqand Turizm va Madaniy Meros Texnik Kollejidagi Kasb-hunar Mukammalligi Markazi

Delegatsiyaning birinchi tashrif joyi Samarqand Turizm va Madaniy Meros Texnik Kollejida boʻldi. Bu yerda yangi tashkil etilgan Samarqand Kasb-hunar Mukammalligi Markazi joylashgan. Bu markaz Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda YuNESKO tomonidan amalga oshirilayotgan "Oʻzbekiston qishloq joylarida ish bilan ta’minlash uchun koʻnikmalarni rivojlantirish" (2020–2026, 9,6 million yevro) loyihasi doirasidagi asosiy tashabbusdir. Tashrif davomida delegatsiya toʻliq ta’mirlangan va eng zamonaviy inshootlarni, jumladan, zamonaviy oʻquv xonalari, ustaxonalar va oʻquv laboratoriyalarini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, ular oʻqituvchilar, usta hunarmandlar va talabalar bilan jonli suhbatlarda ishtirok etishdi, ular ushbu loyiha  Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun muhim boʻlgan turizm va madaniy meros sohalarida ularning ish bilan ta'minlanish va tadbirkorlik koʻnikmalarini qanday oshirganligi haqida soʻzlab berishdi. 

"Kasb-hunar ta'limiga investitsiya kiritish - bu Oʻzbekiston kelajagiga investitsiya kiritishdir. Ushbu markaz Yevropa Ittifoqining koʻmagi qishloq jamoalaridagi yoshlar uchun haqiqiy imkoniyatlarga aylanishining ajoyib namunasidir", dedi Juzi Princhi xonim, Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo bilan aloqalar boʻyicha delegatsiyasi raisi. 

  1. Ipak yoʻli xalqaro turizm va madaniy meros universiteti 

Ikkinchi tashrif delegatsiyani tarixiy Ipak yoʻli boʻylab oliy ta’lim va tadqiqotlar markazi boʻlgan Ipak yoʻli xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga olib bordi. Bu yerda delegatsiya zamonaviy kampus inshootlarini koʻzdan kechirdi, akademik almashinuv va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan ikkita Erasmus+ loyihasi (DIANA va QUARTZ) haqida ma’lumot oldi. Shuningdek, 100 dan ortiq talabalar bilan jonly savol-javob sessiyasida ishtirok etib, Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorligi, yoshlarning mobilligi va turizm va madaniy diplomatiya sohasidagi martaba istiqbollari haqida qizgʻin suxbat bʻlib oʻtdi. 

"Bu talabalarning ishtiyoqi va qiziqishllari juda ilhomlantiruvchi faktordir. Erasmus+ va bizning kengroq ta’lim dasturlarimiz orqali biz nafaqat koʻnikmalarni rivojlantirmoqdamiz, balki xalqlarimiz oʻrtasida koʻpriklar qurmoqdamiz", dedi Juzi Princhi xonim. 

"Ta’lim va yoshlar Oʻzbekiston bilan hamkorligimizning markazida turadi. Ertaga birinchi Parlament Forumiga yigʻilganimizda, ushbu tashriflar bizga hamkorligimizning joylarda qanday ta’sir koʻrsatishini eslatadi", dedi Yevropa Parlamentining Konstitutsiyaviy ishlar qoʻmitasi raisi janob Sven Simon. 

Ushbu tashriflar Yevropa Parlamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan hamkorlikda tashkil qilingan Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi Parlamentlararo Forumidan oldin boʻlib oʻtdi. 2026 yil 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan Forum Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi demokratik aloqalar, iqtisodiy sheriklik va xalqlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashda tarixiy qadamdir.