Teri Xakala Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha yangi maxsus vakili etib tayinlandi

23.06.2021

Yevropa Ittifoqi Kengashi elchi Teri Xakalani 2021 yil 1 iyuldan boshlab Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili (YeIMV) lavozimiga tayinladi.

YeIMV'lar tashqi va xavfsizlik siyosati bo'yicha yuqori vakili Xosep Borrell boshchiligida ishlaydi va uning Yevropa Ittifoqining umumiy tashqi va xavfsizlik siyosatini amalga oshirish bo'yicha ishlarga ko’maklashadi.

YeIMVning Markaziy Osiyo uchun mas'uliyati mintaqa mamlakatlari bilan Yevropa Ittifoqining doimiy va har tomonlama hamkorligiga qaratilgan. Hamkorlik quyidagi sohalardagi keng masalalarni qamrab oladi: xavfsizlik, qonun ustuvorligi, atrof-muhit, suv resurslari, iqlim o'zgarishi, ta'lim va ayollar masalalariga alohida e’tibor bilan inson huquqlari.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo strategiyasiga muvofiq, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish va investitsiyalarni rag'batlantirish hamda barqaror aloqani rivojlantirish ham muhimdir. Qo'shni Afg'oniston tufayli Strategiyaning Markaziy Osiyo uchun ahamiyati ham ortib bormoqda.

Xakala Finlyandiya martabali diplomati bo'lib, Yevropa Ittifoqi Sharqiy qo’shnichilik va Markaziy Osiyodagi mamlakatlarida, shu jumladan, YeXHT doirasida ham, katta tajribaga ega. U chet elda turli diplomatik lavozimlarda, shu jumladan Rossiya, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo va Jenevada Elchi darajasida ishlagan. Yaqinda u Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining Gibrid ishlar, texnologiyalar va xavfsizlik bo'yicha Elchi lavozimni egalladi.

“Markaziy Osiyoda Yevropa Ittifoqi muvozanatni saqlab turadigan sherik bo'lib, mintaqadagi muammolarni hal qilishga yordam beradi. Yevropa Ittifoqi global pandemiyadan qayta tiklash uchun foydalanishi mumkin bo'lgan ko'plab vositalarga ega. Markaziy Osiyo uchun YeIMV vakolati mintaqa davlatlari va boshqa xalqaro sub'ektlar bilan hamkorlikda mintaqaviy hamkorlik va barqarorlikni mustahkamlash zarurligini ta'kidlaydi. Yaqin yillarda bu avvalgidan ham muhimroq bo'ladi", - deydi Xakala.

Shuningdek qarang