Yevropa Jamoasi O'zbekistonga COVAX tomonidan yuborilgan birinchi vaktsinalarni qutlaydi
17 mart kuni O'zbekiston Respublikasi COVAX dasturi orqali yuborilgan 660 ming dozani tashkil etgan birinchi COVID-19 vaksinalarini qabul qildi. Yevropa Ittifoqi va Yevropaga a'zo davlatlar O'zbekistonni aeroportiga vaksinalar partiyasi kelishi bilan tabrikladilar.
COVAX - bu butun dunyo bo'ylab vaksinalardan adolatli va teng huquqli foydalanishni ta'minlashga qaratilgan global birdamlik dasturi. Ushbu vaksinalar bepul beriladi. Yevropa Ittifoqi va Yevropaga a'zo davlatlar dasturlarning eng yirik homiylaridan biri bo'lib, ularning qiymati 2,2 milliard yevroni tashkil etadi va bu umumiy COVAX byudjetining uchdan bir qismiga to'g'ri keladi.
Bugungi kunda yetkazib berilgan dastlabki 660 ming dozadagi vaksina mamlakatga keltirilgan birinchi yirik vaksina partiyasi hisoblanadi. Ular yaqin kunlarda butun mamlakat bo'ylab emlash kampaniyasini boshlashga imkon beradi. Hammasi bo'lib, COVAX dasturi bo'yicha 2,2 million dozani O'zbekistonga yetkazib berish rejalashtirilgan bo'lib, bu ustuvor ro'yxatdagi odamlarning to'rtdan bir qismini, shu jumladan tibbiyot xodimlari va xavf ostida bo'lgan qariyalarni emlash uchun yetarlidir.
Birinchi partiya pandemiyaga qarshi kurashning poydevori va Team Europe (Yevropa Jamoasi) tomonidan O'zbekiston bilan harakatdagi birdamlik belgisidir.
“Hammamiz xavfsiz bo'lgunimizcha hech kim xavfdan holis emasligini hisobga olgan holda, emlash hammamizni himoya qilish va COVID-19 pandemiyasini tugatish uchun juda muhimdir. Qayta tiklash muammolarini yanada yaxshiroq va samarali hal qilish uchun O'zbekiston Team Europe-ning qo'llab-quvvatlashiga ishonishi mumkin», - dedi marosimida Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi elchisi Sharlot Adrian.
Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga COVID-19 inqiroziga qarshi kurashish uchun 36 million yevro ajratdi
2020 yil bahorida Yevropa Ittifoqi O'zbekistonni COVID-19 pandemiyasi bilan bog'liq favqulodda choralar ko'rish orqali qo'llab-quvvatladi. Yevropa Ittifoqining javobi inqirozning gumanitar, sog'liqni saqlash, ijtimoiy va iqtisodiy ta'sirini bartaraf etishga qaratilgan. Bunda qisqa muddatli favqulodda ehtiyojlar, shuningdek, jamiyat va iqtisodiyotga uzoq muddatli tarkibiy ta'sirlar hisobga olinadi va shu bilan beqarorlik xavfini kamaytiradi. Bu hukumat va nodavlat tashkilotlarning harakatlarini kuchaytiradi.
COVID-19 ga qarshi Yevropa Ittifoqining global harakati
Yevropa Ittifoqi vaksinalar, testlar va davolanish bo'yicha global va teng huquqli foydalanishni ta'minlashga sodiqdir. Yevropa Ittifoqi nafaqat xavfsiz va samarali vaksinalar bo'yicha tadqiqotlarga, balki diagnostika, davolash, epidemiologiya, davolash vositalari va sog'liqni saqlash tizimini modernizatsiyalashga milliardlab sarmoya kiritdi. Yevropa Ittifoqi BioNTech va Pfizer vaksinasini ishlab chiqishning asosiy homiysi bo'lib, Yevropaning Dori vositalari agentligi tomonidan samarali va foydalanish uchun xavfsiz deb tasdiqlangan birinchi vaksinadir.
Team Europe - Yevropa Ittifoqi va Yevropa investitsiya bankining a'zo davlatlari - butun dunyo bo'ylab sheriklarga shoshilinch sog'liqni saqlash va gumanitar ehtiyojlarni qondirish, sog'liqni saqlash tizimlarini mustahkamlash va iqtisodiy tiklanishni qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy sohani himoya qilish uchun 38,5 milliard yevro miqdoridagi global tiklanish paketini safarbar qildi. Yevropa Ittifoqi va unga a'zo davlatlar xalqaro vaksinalar birdamligi uchun eng yaxshi vosita hisoblangan COVAX-ning asosiy hissadorlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunga qadar Team Europe COVAX jamg'armasiga 2,2 milliardy yevrodan ko'proq mablag 'ajratishni va'da qildi, bu yil oxiriga qadar 92 ta kam va o'rta daromadli mamlakatlar, shu jumladan Tojikiston uchun 1,3 milliard dozadagi vaksina bilan ta'minlashga yordam beradi.
COVAX Jamg'armasi - bu xavfsiz va samarali COVID-19 vaksinalaridan adolatli va teng huquqli foydalanishni ta'minlashga bag'ishlangan global tashabbusdir. Yetakchi xalqaro tashkilotlar - Epidemik tayyorgarlikka oid koalitsiya (CEPI), GAVI vaksinalar bo'yicha alyansi va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) hukumatlar va ishlab chiqaruvchilar, shuningdek YuNISEF yoki Jahon banki kabi boshqa sheriklar bilan hamkorlikda COVID-19 ga qarshi vaksina dunyo bo'ylab yuqori daromadli va kam daromadli mamlakatlar uchun ta'minlanishi ustida birgalikda ishlamoqdalar.