Jurnalistik surishtiruv sohasidagi bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha treningga taklif etamiz!

Joriy yilning 22-23 avgust kunlari Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusini yoritayotgan yoki ushbu sohaga qiziqishi bo’lgan jurnalist va blogerlar, shuningdek jurnalistika fakulteti talabalari uchun maxsus trening oʻtkaziladi.

Tashkilotchilar: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi.

 

Trening doirasida mahalliy va xalqaro media-trenerlar quyidagi asosiy mavzular boʻyicha o’zlarining bilim va tavsiyalari bilan o’rtoqlashadilar.:

●        korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishda jurnalistik surishtiruvlarning oʻrni;

●        OAV erkinligi, axborotdan foydalanish imkoniyati, axborot manbalarni himoya qilish;

●        jurnalistlarni himoya qilishning qonuniy kafolatlari va Oʻzbekistonda xalqaro tajribani joriy etish;

●        korrupsiyaga oid mavzularni yoritishda gender stereotiplarini aniqlash;

●        korrupsiyaga qarshi surishtiruv ishlarida data-jurnalistika vositalaridan foydalanish va boshqa jihatlar.

🗣 Trening oʻzbek va rus tillarida olib boriladi (tarjimon yordamida).

📌 Viloyatlardan kelgan ishtirokchilarning transport xarajatlari tashkilotchilar tomonidan toʻlab beriladi.

✅ Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

●        Ishtirok etish uchun motivatsiya va olingan bilimlarni oʻz kasbiy faoliyatida qoʻllashga tayyorlik – 10 ballgacha (ishtirok etishning qanchalik asoslanganligi, mavzuga qiziqish va koʻnikmalarni amalda qoʻllash rejalari baholanadi);

●        Ishtirokchining korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida eʼlon qilgan materiallari bor/yoʻqligi – 10 ballgacha (maqolalar, bloglar, reportajlar va boshqa materiallar hisobga olinadi);

●        OAV, PR yoki blogerlik sohasidagi ish tajribasi – 10 ballgacha (taʼlim amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgani sababli 1-5 yillik tajribaga ega nomzodlarga tanlovda ustunlik beriladi);

📌 Qoʻshimcha maʼlumot:

Ayol va erkak ishtirokchilar soni muvozanatli va teng boʻlishini taʼminlash maqsadida ishtirokchilarning yakuniy roʻyxatini shakllantirishda hududiy va gender xilma-xilligi hisobga olinadi.

Soʻnggi 12 oy davomida korrupsiyaga qarshi jurnalistika boʻyicha shu kabi treninglarda qatnashganlik ballarga taʼsir qilmaydi, biroq taʼlim olishda teng imkoniyatlarni taʼminlash uchun eʼtiborga olinishi mumkin.

📝 Treningda ishtirok etish uchun quyida beriladigan havola boʻyicha 15-avgust kuni soat 23:59 gacha (Toshkent vaqti bilan) roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola:

https://forms.gle/2KtaQQnZZFcYA46u7 

🎓 Mazkur trening Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan amalga oshirilayotgan va Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan moliyalashtiriluvchi “Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

📞 Tanlovdan oʻtgan nomzodlar 2025-yil 19-avgustgacha xabardor qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish va treningda ishtirok etish bilan bogʻliq barcha savollar boʻyicha anti-corruption.uz@undp.org elektron pochtasiga yoki +998903304170 raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

Barcha murojaatchilar uchun shaffoflik va maʼlumotlardan teng foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida koʻp soʻraladigan savollarga javoblar Telegram kanalimizda (https://t.me/BMTTD_Jurnalistik_Surishtiruv) ochiq eʼlon qilinadi.

 

Treningda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish:

Soʻrovnomani diqqat bilan toʻldirishingizni iltimos qilamiz. Ishtirokchilar tanlov asosida saralab olinadi.

Shaxsiy maʼlumotlaringiz faqat tanlov oʻtkazish va treningni tashkil etish maqsadlarida foydalaniladi. Maʼlumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasiga muvofiq saqlanadi.

Ushbu shaklni toʻldirish orqali yuqorida koʻrsatilgan maqsadlarda maʼlumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirasiz.

●       Roziman

1. F.I.O.

2. Siz ishlaydigan tashkilot/OAV nomi

3. Yashash manzilingiz (viloyat, tuman/shahar, qishloq, koʻcha)

4. Telefon raqamingiz

5. Elektron manzilingiz (email)

6. OAV, PR yoki blogging sohasida necha yildan beri faoliyat yuritasiz? (Qisqacha CV ilova qilish tavsiya etiladi)

7. Soʻnggi 12 oy ichida jurnalistik surishtiruvlar va korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi trening/seminarlarda ishtirok etganmisiz?

-        Ha / Yoʻq

-        Agar javobingiz “ha” boʻlsa, trening nomi, tashkilotchilari va ishtirok etgan sanangizni koʻrsating.

8. Ilgari korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida maqolalar, reportajlar yoki boshqa materiallar tayyorlaganmisiz? Agar javobingiz “ha” boʻlsa, qisqacha bu haqda maʼlumot bering. (Xohishingizga koʻra, materiallarni anonim tarzda yoki muallifni koʻrsatmasdan taqdim etishingiz mumkin.)

9. Nima uchun ushbu treningda ishtirok etmoqchisiz?

10. Olingan bilim va koʻnikmalarni kasbiy faoliyatingizda qanday qoʻllashni koʻzlayapsiz?

Biz bilan bogʻlanish

Savollaringiz boʻlsa, anti-corruption.uz@undp.org elektron manziliga yoki +998903304170 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Koʻp soʻraladigan savollarga javoblar shaffoflikni taʼminlash maqsadida  mazkur Telegram kanalida (https://t.me/BMTTD_Jurnalistik_Surishtiruv) ochiq eʼlon qilinadi.