Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Terhi Xakala O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Terhi Xakala Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasidagi mustahkam va o'sib borayotgan hamkorlikni, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqin hamkorligini yuqori baholadi.

2022 yil 19 oktabr, Toshkent, O'zbekiston. Bugun Toshkentga tashrifi chog'ida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Terhi Xakala O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Meeting EUSR and UZB President

 

Fikr almashish jarayonida Yevropa Ittifoqi maxsus vakili Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasidagi mustahkam va o'sib borayotgan hamkorlikni hamda Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bilan yaqin hamkorligini yuqori baholadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Ittifoqi maxsus vakili Terhi Xakala O'zbekistondagi islohotlar jarayonini, shu jumladan konstitutsiyaviy o'zgarishlarni muhokama qildilar. Terhi Xakala Yevropa Ittifoqining ulkan islohotlar dasturini doimiy qo'llab-quvvatlashini tasdiqladi. O'zbekistonning xalqaro tashabbuslarini muhokama qilar ekan, Yevropa Ittifoqining maxsus vakili Prezidentning mintaqaviy muloqotning faol targ'ibotini yuqori baholadi va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikni qo'llab-quvvatlashini tasdiqladi.

Meeting EUSR and UZB President

 

Prezident va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili, shuningdek, kelgusi hafta yuqori darajadagi Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo yig'ilishlarga, shu jumladan Markaziy Osiyo beshta rahbarining Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan Ostona shahrida bo'lib o'tadigan uchrashuviga to'xtalib o'tishdi, va Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo vazirlarining uchrashuvlarini hamda Samarqandda bo'lib o'tadigan Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo o'zaro bog'liqlik bo'yucha Konferensiyasini muhokama qildilar. Maxsus vakil Prezidentga 17 va 18 noyabr kunlari Samarqanddagi qo'shma tadbirlar o'tkazilishi uchun minnatdorchilik bildirdi.